01:03 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Siyosat
Havola olish
54020

Bayden aytishiga qragandan prezident saylovida uning foydasiga 74 milliondan ortiq kishi ovoz bergan. Bu Amerika tarixida har qanday prezident toʻplagan ovozlardan koʻproq.

TOSHKENT, 7 noya – Sputnik. AQSH prezidenti saylovida Demokratik partiya nomzodi Jo Bayden oʻzining gʻalaba qozonayotganini maʼlum qildi, RIA Novosti xabariga asosan.  

"Biz hali gʻalaba haqida eʼlon qilishga tayyor emasmiz, lekin raqamlar biz ushbu poygada gʻalaba qozonayotganimizni bildirmoqda. Biz Arizonada gʻalaba qozonmoqdamiz, Biz Nevadada gʻalaba qozonmoqdamiz. Biz 300dan ortiq saylovchilar toʻplashga tayyormiz", - dedi Bayden. 

Bayden aytishiga qragandan prezident saylovida uning foydasiga 74 milliondan ortiq kishi ovoz bergan. Bu Amerika tarixida har qanday prezident toʻplagan ovozlardan koʻproq.   

Eslatib oʻtamiz, AQShda prezident saylovi seshanba kuni boʻlib oʻtgan edi. Saylovchilar ovozlari barcha shtatalarda hali hisoblab chiqilmagan boʻlsada, hozircha saylovda Jo Bayden  yetakchilik qilmoqda. Toʻliq gʻalabaga erishish uchun unga yana 6 nafar saylovchining ovozi kerak. 

Tramp esa bir necha shtatalarda saylov qonunchiligi buzilishiga yoʻq qoʻyilganini aytib sudga murojaat qilgan. Ayni damda AQSH Oliy sudi Pensilvaniya shtatida oʻz vaqtida olingan byulletenlarni alohida saqlash haqida qaror chiqargan. 

 

Asosiy mavzular