00:51 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Siyosat
Havola olish
100 0 0

Umedjon Barnoyev Buxoro tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi

TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. Umedjon Barnoyev Buxoro tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Umedjon Barnoyev — 1970 yil 12 iyulda Romitan tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. 1996 yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi (hozirgi Buxoro muhandislik-texnologiya) institutini hamda 2000 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi — muhandis-mexanik, huquqshunos.

Mehnat faoliyatini 1998 yilda Buxoro viloyati Adliya boshqarmasida sud ijrochisi sifatida boshlagan. Faoliyati davomida Toshkent shahar prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimi (2004−2013), “Oʻzpaxtasanoat” aktsiyadorlik jamiyati yuridik boshqarmasi huquqshunos maslahatchisi (2018) sifatida ishlagan.

2018—2020 yillarda “Safari Vogue” innovatsion turizm klasteri direktor oʻrinbosari, 2020 yildan mazkur MCHJ innovatsion turizm klasteri bosh direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Umedjon Barnoyev 2016—2020 yillarda Buxoro viloyati hokimi boʻlib ishlagan, 2020 yil 20 sentyabrida koronavirus oqibatida vafot etgan Oʻktam Barnoyevning ukasidir.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Botir Zaripov Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani xabar berilgan edi. 

Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov 22 avgust kuni koronavirus asoratlaridan vafot etganidan soʻng Farhod Umarov viloyat hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan edi.

Teglar:
Umedjon Barnoyev, yangi tayinlov

Asosiy mavzular