Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitida ishtirok etadi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin na sammite ShOS v Kitae
Prezident RF V. Putin na sammite ShOS v Kitae - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugung ShHT davlatlari rahbarlari yangi global xatar va tahdidlarning kuchayishi sharoitida ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan videoanjuman bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 10 noya - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun 10-noyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining videoanjuman shaklida o‘tadigan majlisida ishtirok etadi. 

Rossiya raisligida o‘tkaziladigan ushbu uchrashuv kun tartibidan yangi global xatar va tahdidlarning kuchayishi sharoitida ShHT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari o‘rin olgan, - deyilgan xabarda.

Tashkilotga a’zo va kuzatuvchi davlatlar delegatsiyalarining rahbarlari ustuvor yo‘nalishlarda ko‘p tomonlama munosabatlarning bugungi holatini tahlil qilib, ularni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadilar.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish ham sammit ishtirokchilariga videomurojaat yo‘llashi kutilmoqda.

Ushbu masalalardan tashqari ShHT majlisida tashkilot doirsida xavfsizlikni ta’minlash, iqtisodiy kooperatsiya, raqamli texnologiyalarni joriy etish, qishloq hududlarni rivojlantirish, epidemiyalarga qarshi samarali kurashish va boshqa sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan Moskva deklaratsiyasi va hujjatlar to‘plamining qabul qilinishi ham rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0