23:02 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
327 0 0

Oʻzbekiston prezidenti Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida nutq soʻzlab, qator takliflarni ilgari surdi.

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining videoanjuman shaklidagi majlisida ishtirok etdi. Davlat rahbari sammitidagi nutqida qator takliflarni ilgari surdi.

Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan takliflar:

  • Pandemiya sharoitida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirishga yangi, shu jumladan “nostandart” yondashuvlarni birgalikda ishlab chiqish;
  • Oʻzaro kelishilgan oʻquv dasturlari asosida aholini oʻqitish, soha mutaxassislarini tayyorlashga qaratilgan SHHTning raqamli savodxonlikni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish;
  • SHHTga aʼzo davlatlarning qashshoqlikka qarshi kurashish hamkorligi dasturini ishlab chiqish, shuningdek, uni amalga oshirish boʻyicha kelishilgan choralarni ishlab chiqish uchun Oʻzbekistonda xalqaro forum oʻtkazish;
  • Epidemiyaga olib keluvchi kasalliklarga qarshi kurashish boʻyicha tibbiyot muassasalari tarmogʻini yaratish;
  • Toshkentda oʻtkaziladigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik. Xatar va imkoniyatlar” xalqaro konferentsiyasida Afgʻonistonga uning Markaziy va Janubiy Osiyoni bogʻlab turuvchi koʻprik sifatidagi tarixiy rolini qaytarishga xizmat qiladigan transport yoʻlaklarini barpo etish tashabbuslarni muhokama qilish;
  • 2021 yilda “SHHTning zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimidiga roli” xalqaro konferentsiyasini oʻtkazish;

Mirziyoyev oʻz chiqishida Oʻzbekiston eng yaqin qoʻshni va strategik sherik sifatida qardosh Qirgʻiziston xalqini tinch taraqqiyot va farovonlik sari intilishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi.

Shuningdek, u Togʻli Qorabogʻ mojarosi hududidagi oʻt ochish va barcha harbiy harakatlarni butunlay toʻxtatish toʻgʻrisida Rossiyaning faol koʻmagida erishilgan kelishuvlarni olqishlashini aytdi.

Oʻzbekiston yetakchisi tinchlikka erishish, Afgʻoniston xalqiga iqtisodiy yordam koʻrsatish yoʻlidagi ijobiy intilishlarni qoʻllab-quvvatlash uchun saʼy-harakatlarni birlashtirish muhimligini taʼkidladi.

Teglar:
sammit, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Shavkat Mirziyoyev

Asosiy mavzular