22:47 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
132 0 0

TIV rahbari Abdulaziz Kamilov bilan uchrashuvda turli sohalardagi koʻp qirrali Oʻzbekiston-Afgʻoniston munosabatlari holati va ularni yanada faollashtirish istiqbollari muhokama qilingan

TOSHKENT, 11 noya - Sputnik. 2020-yilning 11-noyabr kuni Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning Afgʻoniston Islom Respublikasi Oliy milliy yarashuv kengashi raisi Abdulla Abdulla bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Bu haqda TIV matbuot-xizmati xabar qilmoqda.

Suhbat chogʻida turli sohalardagi koʻp qirrali Oʻzbekiston-Afgʻoniston munosabatlari holati va ularni yanada faollashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

Afgʻonistonda mustahkam tinchlik oʻrnatish hamda mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlashning muhim jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Transport, logistika, energetika, savdo va taʼlim sohalarida investitsiya va infratuzilma loyihalarini birgalikda amalga oshirish orqali ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Afgʻonistonda tez orada tinchlik va barqarorlikka erishish uchun mazkur mamlakatni Markaziy Osiyodagi integratsiya jarayonlariga jalb qilishni jadallashtirishning muhimligi qayd etildi.

Muzokaralarda ikki tomon kun tartibining oʻzaro manfaatli boshqa masalalari ham koʻrib chiqildi.

Asosiy mavzular