14:58 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
95 0 0

Oʻzbekiston Afgʻonistonda mintaqaviy ahamiyatdagi infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyor ekani taʼkidlandi

TOSHKENT, 11 noya — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afgʻoniston Milliy yarashuv oliy kengashi raisi Abdulloh Abdullohni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik hamda Afgʻonistondagi mojaroni tinch yoʻl bilan hal etishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Mirziyoyev keyingi yillarda Oʻzbekiston-Afgʻoniston munosabatlarini rivojlantirishda erishilgan surʼatni katta mamnuniyat bilan taʼkidladi. Amaliy hamkorlikni kengaytirish, savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, transport va logistika, energetika, taʼlim va boshqa muhim yoʻnalishlarda ustuvor loyihalarni ilgari surish borasidagi saʼy-harakatlar alohida qayd etildi.

“Oʻzbekiston Afgʻonistonda mintaqaviy ahamiyatdagi infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyor ekani taʼkidlandi”, - deyilgan xabarda.

Abdulloh Abdulloh samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Oʻzbekistonning afgʻonlararo tinchlik muzokaralarini boshlashga hamda xalqaro hamjamiyatning Afgʻonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha faoliyatini birlashtirishga xizmat qilgan saʼy-harakatlarini yuksak baholadi.

Mehmon Oʻzbekiston tomonidan koʻrsatilayotgan doimiy koʻmak uchun minnatdorlik bildirdi hamda mamlakatning Afgʻonistonni mintaqaviy savdo-iqtisodiy jarayonlarga jalb etishga qoʻshayotgan hissasini alohida qayd etdi.

Muzokaralar chogʻida mintaqaviy va xalqaro siyosatning tomonlarni qiziqtirgan masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Asosiy mavzular