19:36 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
190 0 0

Prezident Qarshida Davlat xizmatlari markazini hamda IT-Texnoparkni koʻzdan kechirib ularning faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

TOSHKENT, 12 noya - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga boʻlgan tashrifi doirasida Qarshi shahridagi Davlat xizmatlari markazi va Texnopark faoliyatini koʻzdan kechirdi.

Prezident bu yerdagi sharoitlar bilan tanishib, xizmatlar koʻlami bilan qiziqdi. Odamlar talabidan kelib chiqib, yangi xizmat turlarini yoʻlga qoʻyish, mahallalar bilan onlayn bogʻlanib, aholiga qulaylik yaratish boʻyicha topshiriqlar berdi. Bunday markazlarda koʻrsatilayotgan xizmatlardan odamlarning xabardorligini oshirib, keng foydalanishga oʻrgatish muhimligini taʼkidladi.

- Davlat xizmatlari markazi orqali odamlar davlatning eʼtiborini sezishi kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Maʼlumot uchun Qarshi shahridagi Davlat xizmatlari markazi 140 turdagi xizmat koʻrsatishga moʻljallangan. Buning uchun bu yerda yuqori tezlikda ishlaydigan internet, zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan.

Markaz binosida Prezidentning Xalq qabulxonasi va Bosh vazir qabulxonasi ham joylashgan.

Shavkat Mirziyoyev posetil Tsentr gosudarstvennыx uslug i Texnopark v Karshi
Press-slujba prezidenta
Shavkat Mirziyoyev posetil Tsentr gosudarstvennыx uslug i Texnopark v Karshi

Shuingdek prezident Qarshi shahridagi IT-texnoparkka ham tashrif buyurib u yerdagi sharoitlar bilan tanishdi. Texnoparkda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan, veb-dizaynerlar, dasturchilar va robototexniklar oʻz faoliyatini boshlagan.

Shavkat Mirziyoyev posetil Tsentr gosudarstvennыx uslug i Texnopark v Karshi
Press-slujba prezidenta
Shavkat Mirziyoyev posetil Tsentr gosudarstvennыx uslug i Texnopark v Karshi

Oʻzbekistonda amal qilayotgan “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslari tashkil etilgani natijasida axborot texnologiyalariga qiziquvchi yoshlarga keng imkoniyat yaratildi. Ilk natijalar ham qoʻlga kiritilmoqda. Masalan,  eng yaxshi davlat mobil ilovasini ishlab chiqish boʻyicha Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan “mGovAward” tanlovida qashqadaryolik yoshlardan tuzilgan jamoa gʻolib boʻldi. Ular yaratgan chet tillarini masofaviy oʻqitish mobil ilovasini takomillashtirish uchun 500 million soʻm mukofot puli ajratildi. 

Prezident ushbu yosh dasturchilarni muvaffaqiyat bilan tabriklab, kelgusi maqsadlarini soʻradi. Ularning loyihani yanada rivojlantirish, yangi dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish rejalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutasaddilarga koʻrsatmalar berdi.

Shavkat Mirziyoyev posetil Tsentr gosudarstvennыx uslug i Texnopark v Karshi
Press-slujba prezidenta
Shavkat Mirziyoyev posetil Tsentr gosudarstvennыx uslug i Texnopark v Karshi

Asosiy mavzular