15:53 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Siyosat
Havola olish
223 0 0

SNV-3 - Rossiya va AQSH oʻrtasida qurollarni cheklash toʻgʻrisidagi amaldagi yagona bitim hisoblanadi. Hujjat muddati 2021 yilning 5 fevralida tugaydi. Agar shartnoma uzaytirilmasa, dunyoda yirik yadroviy derjavalar arsenallarini cheklovchi boshqa bironta hujjat qolmaydi.

TOSHKENT, 13 noya – Sputnik. Rossiya va AQSH amalda strategik hujum qurollarini qisqartirish toʻgʻrisidagi shartnomani bir yilga uzaytirishga yaqinlashdi, Rossiya Federatsiyasi Vashingtonning yangi qoʻshimcha shartlarini qabul qilmasligini va amerikaliklarning javobini kutayotganini taʼkidladi, dedi Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya RIA Novostiga bergan intervyusida.

Moskva avvaliga SNV-3ni shartnomada nazarda tutilgani kabi 5 yil muddatga uzaytirish tarafdori edi. AQSH esa muzokaralar boshida eski shartnomani uzaytirish oʻrniga, yangisini tuzish haqida soʻz qotdi. Natijada, Vashington bir qator shartlarni ilgari surgan holda SNV-3ni bir yil muddatga uzaytirish istagini bildirdi. AQSH Davlat kotibi oʻrinbosari Stiven Bigan Moskva va Vashington DSNV-3 muzokaralarida maʼlum baryerga yetishganini aytgan edi. Shu bilan birga, u, AQSH va Rossiya qurol-aslahalar ustidan nazorat tarafdori ekanliklarini, SNV boʻyicha shartnomani uzaytirishni istashlarini, ammo gap shartlarda ekanligini maʼlum qilgan edi.

"Biz (Donald Tramp - tahr.) maʼmuriyati bilan bu uzaytirishga yaqin kelgan edik. Ammo besh yil emas, bir yil muddatga. Bu mavzu yakun topgani yoʻq. Ammo biz uzoqdan boshlaganmiz. Ularning shartnomani uzaytirmaslik borasidagi xohishidan boshlangan edi hammasi. Ammo biz bir yilga boʻlsa ham uzaytirishga juda yaqin qolgan edik, bu bizga vaqt zaxirasini berardi", - dedi Nebenzya.

U AQSH turli shartlarni ilgari surayotganini eslatib oʻtdi. "Biz ularga bitimni bir yilga uzaytirishga tayyor ekanligimizni aytdik. Biz ular taklif qilgan narsalarga qisman rozi boʻlgan edik, shu bilan birga boshqa qoʻshimcha shartlarni qabul qilmasligimizni aytgandik. Biz bu taklifga amerikaliklarning javobini kutayapmiz", deb taʼkidladi Rossiya doimiy vakili.

Nebenzyaning soʻzlariga koʻra, DSNV-3ning 5 yil emas, bir yilga uzaytirilishi AQSH tomonidan ilgari surilgan yagona shart boʻlmagan. "Biz ayrim narsalarga rozi boʻldik, ammo bu oxirgi yon bosishimiz ekanligini aytdik. Koptok hozir ularda. Ular buni hanuzga qadar qayerdadir muhokama qilishmoqda, javob haligacha yoʻq", - dedi u.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 16 oktyabr kuni amaldagi DSNV shartnomasini hech qanday shartlarsiz bir yilga uzaytirishni taklif qilgan edi. RF TIV 20 oktyabr kuni Moskva DSNVni bir yilga uzaytirishni taklif etayotganini, shu bilan birga AQSH bilan birgalikda tomonlarda mavjud yadroviy boyezaryadlarni oʻzaro muzlatish boʻyicha siyosiy majburiyatni oʻz zimmasiga olishga tayyorligini bildirgan edi. Shu bilan birga agar oʻzaro muzlatish qarori qabul qilingan taqdirda, bu qaror boʻyicha AQSH tomonidan hech qanday qoʻshimcha talablar bildirilmasligi lozim edi.

Rossiya va AQSH oʻrtasidagi SNV-3 shartnomasi 2011 yilning 5 fevralida kuchga kirgan. Hujjatda nazarda tutilishicha, har bir tomonning yadroviy arsenallari shunday kamaytirilishi kerakki, yetti yil ichida va undan keyin ham qurollarning umumiy soni 700 mintaqalararo ballistik raketalar, suv osti kemalari va ogʻir bombardimonchi samolyotlarda joylashgan ballistik raketalar, shuningdek, 1550 boyegolovkalar va 800 ta joylashtirilgan va joylashtirilmaydigan raketalardan oshmasligi kerak.

Bugungi kunda SNV-3 - Rossiya va AQSH oʻrtasida qurollarni cheklash toʻgʻrisidagi amaldagi yagona bitim hisoblanadi. Hujjat muddati 2021 yilning 5 fevralida tugaydi. Agar shartnoma uzaytirilmasa, dunyoda yirik yadroviy derjavalar arsenallarini cheklovchi boshqa bironta hujjat qolmaydi.

Asosiy mavzular