06:42 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
24301

Oʻtgan hafta Qoʻshma Shtatlarda davlat rahbari va vitse-prezident, vakillar palatasining barcha 435 aʼzosi, Senatning taxminan uchdan bir qismi (35 senator), 11 shtat va ikkita hudud gubernatorlari va ayrim shtat qonun chiqaruvchi organlari uchun saylovlar boʻlib oʻtgan edi.

TOSHKENT, 13 noya — Sputnik. Xitoy Jo Bayden va Kamala Xarrisga ularning AQSH prezidenti va vitse-prezidenti lavozimiga saylangani munosabati bilan tabrik yoʻlladi, deb xabar qildi XXR TIV vakili Van Venbin.

"AQShdagi ayni prezident savlovlariga mamlakat ichida boʻlayotgan munosabat hamda xalqaro hamjamiyat munosabatini kuzatib bormoqdamiz. Biz amerika xalqi tanlovini hurmat qilamiz va janob Bayden hamda Xarris xonimni tabriklaymiz", - deb aytgan diplomat.

Sal oldin Baydenni saylovlarda gʻalaba qozongani bilan, Turkiya yetakchisi Toyib Erdogʻan va Armaniston yetakchisi Armen Sarkisyan, Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kantsleri Angela Merkel, Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ben Abdel Aziz Al Saud, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich, Isroilprezidenti Reuven Rivlin Abu Dabi merosxoʻr shahzodasi Muhammad bin Zayd al Naxayon va Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga  tabriklashgan edi.

Oʻtgan hafta Qoʻshma Shtatlarda davlat rahbari va vitse-prezident, vakillar palatasining barcha 435 aʼzosi, Senatning taxminan uchdan bir qismi (35 senator), 11 shtat va ikkita hudud gubernatorlari va ayrim shtat qonun chiqaruvchi organlari uchun saylovlar boʻlib oʻtgan edi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Demokratik partiyadan nomzod Jo Bayden saylovchilarning 290 ovozini olmoqda (zarur 270 ovozdan), amaldagi prezident Donald Tramp esa atigi — 217 ta ovoz olgan. Rasmiy natijalar eʼlon qilinmay turib, ularning birining gʻalabasi haqida gapirishga hali erta.

Shunga qaramay, shanba kuni Bayden oʻzining davlat rahbari lavozimiga saylanganligi haqida eʼlon qilishga ulgurdi. Tramp oʻz navbatida soxtalashtirishlarga yoʻl qoʻyilgani haqida aytib, oʻz gʻalabasini Oliy sudda himoya qilishni rejalashtirmoqda.

Asosiy mavzular