16:39 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
174158

Jirinovskiy Rossiya bilan birlashish - Kavkaz va Markaziy Osiyo respublikalari xavfsizligini saqlab qolishning yagona yoʻli, degan fikrni bildirmoqda

TOSHKENT, 14 noya — Sputnik. Rossiyalik siyosatchi, LDPR partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy "Komsomolskaya pravda" radiosi efirida Togʻli Qorabogʻdagi voqealarga sharh berdi.

Jirinovskiyning aytishicha, Rossiya armiyasi va quroli Armanistonga Suriyadan olib kelingan jangarilarga qarshi kurashda koʻpam yordam berolmaydi.

Terroristik xavf tarqalishi yuz bergan holatda, Armanistonning Rossiyaga qoʻshilishdan boshqa chorasi qolmaydi, degan Jirinovskiy.

Siyosatchi Togʻli Qorabogʻni Rossiya tarkibiga qaytarishni taklif qilgan.

"Biz deyarli sobiq SSSRga ega boʻlamiz, faqat qisqaroq variantda - Moldovaning bir qismi, Gruziyaning bir qismi, Ozarbayjonning bir qismi va butun boshli Armaniston. Sizga ishontirib aytamanki, Tojikiston ustida yaxshigina ishlanganda, Rahmon esa - dono arbob, u ham yangi Rossiya tarkibiga toʻlaligicha qoʻshilishga rozi boʻladi. Men buni Ulkan Rossiya deb atagan boʻlardim", - degan Jirinovskiy.

Siyosatchi fikricha Qirgʻiziston, Turkmaniston va Tojikiston Afgʻonistondan keladigan jinoiy uyushmalar hujumiga qarshi tura olmaydi va ular Rossiyaning yordamiga muhtoj.

Sobiq SSSRning qator mamlakatlari bilan birlashish yangi davlatni tuzishga hamda xavfsizlik va iqtisodiyotdagi qator masalalarni hal etishga yordam beradi, deya xotima qildi Jirinovskiy.

Asosiy mavzular