07:23 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
184520

Seshanba kuni boʻlib oʻtgan yalpi majlisda Davlat dumasi Rossiyaning sobiq prezidentiga uning prezidentlik muddatidan qatʼi nazar, daxlsizlik berilishini nazarda tutuvchi qonun loyihasini koʻrib chiqmoqda.

TOSHKENT, 17 noya — Sputnik. Rossiyaning sobiq prezidentlariga beriladigan kafolatlar SSSRning sobiq prezidenti Mixail Gorbachyovga joriy qilinmaydi, deya tushuntirdi Davlat Dumasining davlat qurilishi va qonunchilik qoʻmitasi rahbari Pavel Krasheninnikov. RIA Novosti xabari asosida.

Seshanba kuni boʻlib oʻtgan yalpi majlisda Davlat dumasi Rossiyaning sobiq prezidentiga uning prezidentlik muddatidan qatʼi nazar, daxlsizlik berilishini nazarda tutuvchi qonun loyihasini koʻrib chiqmoqda.

"Rossiya Federatsiyasi SSSRning huquqiy vorisi sanaladi. Shu munosabat bilan, meni nazdimda, haqqoniy savol tugʻiladi. Ushbu taklif etilayotgan qonundan SSSRning birinchi va oxirgi prezidenti Mixail Sergeyevich Gorbachev foydalana oladimi? Bu qonun unga ham joriy qilinadimi?" — deya savol berdi KPRF deputati Denis Parfenov qonun loyihasi muhokamasi davomida.

"Men shunchaki qonun loyihasining nomiga eʼtiboringizni qaratmoqchiman — "Oʻz vakolatlarini toʻxtatgan Rossiya Federatsiyasi prezidenti kafolatlari toʻgʻrisida". <...> Men shunga eʼtibor qaratmoqchiman. Bundan kelib chiqadiki, javob: "Yoʻq, joriy etilmaydi", — dedi Krasheninnikov.

Asosiy mavzular