22:40 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
18610

Oʻzbekiston delegatsiyasi AQSH Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporatsiyasida muzokaralar oʻtkazdi. Tafsilotlar xabarimizda

TOSHKENT, 20 noya - Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Vashington shahrida AQSH Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Adam Boler bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda TIV matbuot-xizmati.

Uchrashuvda tomonlar Bolerning 29-iyun – 1-iyul kunlari Oʻzbekistonga tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonini muhokama qilganlar.

Shuningdek, uchrashuvda sanoat, xizmat koʻrsatish va infratuzilmani rivojlantirishga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va yangi texnologiyalarni jalb qilishda ikki tomonlama sheriklikni yanada chuqurlashtirish istiqbollari belgilab olingan.

Oʻzbekiston tomoni DFC ishtirokida Oʻzbekistonda neft-gaz, energetika, kimyo, transport, qurilish, bank, farmatsevtika va boshqa iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanligini qayd etgan. Shu nuqtayi nazardan, Amerika korporatsiyasi rahbari yirik infratuzilma loyihalarini ilgari surishga yoʻnaltiriladigan Markaziy Osiyo investitsiya jamgʻarmasini tashkil etishga qiziqishini tasdiqlagan.

Afgʻoniston infratuzilmasini yaxshilash va mamalakatni ijtimoiy-iqtisodiy tiklash Oʻzbekiston bilan DFC oʻrtasidagi hamkorlikning muhim istiqbolli yoʻnalishi hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, tomonlar joriy yilning may oyida boshlangan "Oʻzbekiston-Afgʻoniston-AQSH" uch tomonlama hamkorlik shakli doirasida muloqotni kuchaytirish zarurligini taʼkidladilar.

Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilingan.

Asosiy mavzular