16:55 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Siyosat
Havola olish
172 0 0

Oʻzbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali koronavirus oqibatlari hamda MDH sammitini muhokama qilishdi.

TOSHKENT, 1 dek - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan 30 noyabr kuni telefon orqali muloqot qilishdi.

Suhbatda, jumladan yaqin kunlarda videoanjuman shaklida oʻtkazilishi rejalashtirilgan MDH sammitiga tayyorgarlik koʻrish masalasi ham muhokama qilindi. Bu yil ushbu majlisda Oʻzbekiston raislik qiladi. 

Shuningdek prezidentlar koronavirus pandemiyasining tarqalishi oqibatida kelib chiqqan global inqiroz sharoitida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalar barqaror rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Bu borada oʻzaro tashriflar, hukumatlararo hamkorlik mexanizmlari unumli ishlayotgani, oʻzaro savdo hajmlari ortib borayotgani hamda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi dasturlari davom etayotgani qayd etildi. 

Undan tashqari Oʻzbekiston va Rossiya rahbarlari xalqaro ahamiyatga molik masalalar, boʻlajak oliy darajadagi tadbirlarni ham muhokama qilishdi. "Suhbat har doimgidek samimiy, doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtdi", - deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular