21:13 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Siyosat
Havola olish
304 0 0

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti administratsiyasi vakili bilan Vladimir Putin bilan boʻlajak muloqot kun tartibini muhokama qildi.

TOSHKENT, 2 dek - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev bugun Rossiya prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Dmitriy Kozak boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Oʻzbekiston prezidenti Oʻzbekiston-Rossiya koʻp qirrali hamkorligi keyingi yillarda jadal surʼat bilan rivojlanayotgani, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Dmitriy Kozak Oʻzbekiston prezidentiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi va Vladimir Putin bilan rejalashtirilayotgan uchrashuv kun tartibini muhokama qildi. 

"Uchrashuvda boʻlajak ikki tomonlama va koʻp tomonlama formatdagi uchrashuvlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish masalalari koʻrib chiqildi. Ushbu tadbirlar kun tartibini aniq amaliy mazmun bilan boyitishga alohida eʼtibor qaratildi", - deyilgan xabarda. 

Undan tashqari tomonlar xalqaro siyosatning ayrim jihatlari yuzasidan ham fikr almashishdi.

Eslatib oʻtamiz, 30 noryabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyev bilan boʻlgan telefon muloqotida koronavirusga qarshi kurash, dekabrda kutilayotgan MDH rahbarlari sammiti, hamda ikki tomonlama hamkorlik va yuqori darajadagi tadbirlar masalalarini muhokama qilgan edi. 

Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Rossiyskoy Federatsii
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Rossiyskoy Federatsii

Asosiy mavzular