13:57 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Siyosat
Havola olish
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (65)
86730

Vladimir Putin topshirigʻiga asosan Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Dmitriy Kozak Oʻzbekiston va Qozogʻistonga tashrif buyurdi.

Rossiyaning yuqori martabali amaldori ikki mamlakat oliy rahbariyati, jumladan, prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Tokayev bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.

Muzokaralarning asosiy mavzusi - Moskvaning Nur-Sulton va Toshkent bilan munosabatlarini mustahkamlash, ikki tomonlama va koʻp tomonlama formatdagi sammitlarga tayyorgarlik koʻrish. Xususan, 11 dekabr kuni Oliy Yevroosiyo Kengashining yigʻilishi onlayn formatda boʻlib oʻtadi.

“Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston-Rossiya koʻp qirrali hamkorligi keyingi yillarda jadal surʼat bilan rivojlanayotgani, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi” deb xabar qildi Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati.

Taʼkidlanishicha, Dmitriy Kozak Oʻzbekiston prezidentiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi va Vladimir Putin bilan rejalashtirilayotgan uchrashuv kun tartibini muhokama qildi. Tomonlar xalqaro siyosatning ayrim jihatlari yuzasidan ham fikr almashishdi.

Boʻlajak oliy darajadagi muloqotlarning muzokaralar kun tartibining mazmuniga alohida eʼtibor qaratildi: gap MDH davlatlari rahbarlarining joriy yil oktyabridan qoldirilgan sammiti haqida ketmoqda.

Nur-Sultonda Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev Dmitriy Kozakni qabul qildi. Uchrashuv davomida Qozogʻiston-Rossiya sherikligi va ittifoqchilikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Qozogʻiston rahbari matbuot xizmatining xabar berishicha, suhbatning muhim qismi siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek yaqinda boʻlib oʻtadigan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yigʻilishida Yevroosiyo integratsiyasi masalalarini muhokama qilishdan iborat boʻldi.

Vstrecha prezidenta Kazaxstana Kasыm-Jomarta Tokayeva s Dmitriyem Kozakom
Ofitsialnыy sayt Prezidenta RK / AMAN
Vstrecha prezidenta Kazaxstana Kasыm-Jomarta Tokayeva s Dmitriyem Kozakom

Qosim-Jomart Tokayev kun tartibidagi barcha masalalar boʻyicha Rossiya Federatsiyasi bilan ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash ustuvor ahamiyatini taʼkidladi. Bundan tashqari, ikki davlat prezidentlari administratsiya oʻrtasidagi aloqalar va hamkorlikni rivojlantirish haqida kelishuvga erishildi.

Qozogʻiston poytaxtida RF prezidenti administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari Qozogʻiston Respublikasi bosh vaziri Asqar Mamin, Qozogʻiston prezidenti administratsiyasi rahbari Yerlan Koshanov bilan muloqot qildi.

"Muzokaralar chogʻida Rossiya-Qozogʻiston ittifoqchilik munosabatlarining hozirgi holati, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari va KXSHT, YEOII, MDH, SHHT doirasidagi integratsiya aloqalarni mustahkamlash boʻyicha mazmunli fikr almashildi", - deb maʼlum qildi Rossiyaning Qozogʻistondagi elchixonasi matbuot xizmati.

Strategik sheriklarning munosabatlari

Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida diplomatik munosabatlar 1992 yil 20 martda oʻrnatilgan.

Asosiy davlatlararo hujjatlar - ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab bergan Davlatlararo munosabatlarning asoslari, doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma (1992), Strategik sheriklik toʻgʻrisidagi shartnoma (2004) va Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnoma (2005).

Ikki tomonlama munosabatlar - oliy va yuqori darajadagi muntazam uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.

Ikki tomonlama munosabatlar 2016 yil dekabrda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev saylangandan soʻng, yangi sifat darajasiga koʻtarildi. Toʻrt yil davomida savdo va investitsiyalar hajmi ikki baravarga oshdi. Turli darajalardagi ikki tomonlama aloqalar jadallashdi - davlat rahbarlarining muntazam uchrashuvlari, Oʻzbekiston va Rossiya viloyat vakillarining koʻplab tashriflari.

2017 yil aprel oyida Shavkat Mirziyoyev Moskvaga davlat tashrifi bilan keldi, uning yakunida qiymati 16 milliard dollardan ziyod 50 tadan ortiq hamkorlik hujjatlari imzolandi. 2018 yil kuzida Vladimir Putin Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Respublikada mintaqaviy va taʼlim forumlari oʻtkazildi. Bundan tashqari, ikki davlat rahbari tantanali tarzda keng koʻlamli loyiha - Oʻzbekiston hududida Markaziy Osiyoda birinchi atom elektr stantsiyasini qurilishiga start berishdi.

Bundan tashqari, yaqinda Oʻzbekiston prezidentining Rossiyaga navbatdagi tashrifi kutilmoqda. Koronavirus pandemiyasi sababli tashrif sanasi bir necha marta qoldirildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston integratsiya loyihalaridan chetda qolmayapti: MDH va SHHT faoliyatida faol ishtirok etishdan tashqari, Toshkent Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo boʻlish imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda. Respublikaning kuzatuvchi-davlat maqomini olish toʻgʻrisidagi arizasi ittifoqning barcha aʼzo-davlatlari tomonidan maʼqullandi. Yakuniy qaror 11-dekabr kuni YEOII Oliy Kengashining yigʻilishida qabul qilinadi.

Mavzu:
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (65)
Teglar:
Shavkat Mirziyoyev, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Rossiya, YEOII

Asosiy mavzular