"Yordam kerak". Tixanovskaya AQShdan Minsk bo‘yicha yangi sanksiyalar qabul qilishni so‘radi

Obuna bo‘lish
Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya AQShning amaldagi ma’muriyatiga ko‘mak uchun minnatdorlik bildirish maqsadida Vashingtonga bormoqchi

TOShKENT, 5 dek - Sputnik. Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya AQSh hukumatiga amerika yetakchisining Belarusga nisbatan sanksiyalar kiritish vakolatlarini kengaytiruvchi qonun loyihasini imkon qadar tezroq qo‘llab-quvvatlashni so‘rab murojaat qildi, deb xabar bermoqda Sputnik radiosi.

Kandidat v prezidenti Belarusi Svetlana Tixanovskaya vo vremya predvibornogo mitinga v parke Drujbi Narodov v Minske - Sputnik O‘zbekiston
Sirtqi kredit? Tixanovskaya Yevropa ittifoqidan yordam paketi xususida kelishuvga erishdi

"Biz garchi shunday murakkab o‘tish davrida AQShdan bo‘ladigan katta yordamga muhtojmiz. Men AQSh kongressini "Belarusda demokratiya, inson huquqlari va suverenitet" to‘g‘risidagi qonun loyihasini tezkor tartibda qabul qilishni chaqiraman, – deb ta’kidlagan Tixanovskaya Washington Post nashrida joylashtirilgan materialida.

Bundan tashqari u YeI va AQShga "faol ma’naviy va texnik ko‘mak" hamda "yaqinda belarus amaldorlariga nisbatan sanksiyalarni kengaytirgan AQSh joriy ma’muriyatining sayi-harakatlari" uchun minnatdorlik bildirgan.

Bundan tashqari, Tixanovskaya Vashingtonga borishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan.

"Men inauguratsiya haftaligida (AQSh) joriy ma’muriyatiga uning Belarus xalqiga ko‘rsatayotgan yordami uchun shaxsan minnatdorlik bildirish uchun Vashingtonga borish niyatidaman. Shu bilan bir vaqtning o‘zida Belarusning demokratiyaga o‘tishiga ko‘mak berishi uchun yangi ma’muriyat bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatishdan umidvorman", - deb qo‘shimcha qilgan muholifatchi.

Storonnik Baydena s flagom v den viborov prezidenta v shtate Delaver, SShA - Sputnik O‘zbekiston
Tanganing ikki tomoni: G‘arbning Belarus va AQShdagi saylovlarga bergan bahosi

Agar qonun loyihasi tasdiqlansa, AQSh prezidenti Belorusiya Markaziy saylov komissiyasi a’zosi bo‘lgan har qanday chet el fuqarosi, mustaqil ommaviy axborot vositalariga qarshi harakatlar uchun mas’ul bo‘lgan davlat amaldori, respublikadagi vaziyat bilan bog‘liq bo‘lgan ommaviy axborot vositalariga yoki inson huquqlari buzilishiga qarshi harakatlarda faol ishtirok etgan Ittifoq davlatining rasmiy vakili yoki Rossiya fuqarosi vizasini bloklab qo‘yishi mumkin. 

Belarusda ommaviy norozilik aksiyalari 9-avgustdan keyin, bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarida amaldagi yetakchi Aleksandr Lukashenko g‘olib chiqqanidan so‘ng boshlangan edi. MSK ma’lumotlariga ko‘ra Lukashenko 80,1 % ovoz olgan. Birinchi kunlarda aksiyalar kuch tuzilmalari tomonidan bostirildi, norozichilarga nisbatan ko‘z yosh keltiruvchi gaz, shovqin granatalari, vodometlar, rezinali o‘qlar qo‘llanildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi kunlarda 6,7 ming kishi qo‘lga olingan. Respublika IIV ma’lumotlariga ko‘ra, tartibsizliklar davomida yuzlab insonlar jabrlangan, shu jumladan, 130 nafar huquq-tartibot xodimlari ham. Saylovlar yakunlangach bir oy davmida aksiyalar ham ish ham dam olish kunlari o‘tkazildi. Lukashenkoning tarafdorlari ham uni qo‘llab-quvvatlab tadbirlar o‘tkazib kelmoqdalar.

Rasmiylarning ta’kidlashicha, bu norozilik namoyishlari radikallashtirmoqda va shahar ko‘chalaridan hovlilar tomon ko‘chirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0