Peskov: Putin haqidagi mish-mishlarni kim tarqatayotganini biz bilamiz

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishress-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov
ress-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov OAVda Vladimir Putinga qarshi qaratilgan mish-mishlarga izoh berdi

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning yaqinlariga qarshi mish-mishlarni kim tarqatayotganini Kreml biladi, dedi davlat rahbari matbuot-kotibi Dmitriy Peskov.

Yejegodnaya bolshaya press-konferensiya prezidenta RF V. Putina - Sputnik O‘zbekiston
Putin Rossiyaning kuchi nimada, degan savolga javob berdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu singari mish-mishlar ayrim OAVlarda chop etilishda davom etadi.

Jurnalistlarning "Vajnie istorii" nashri tomonidan go‘yoki prezidentning sobiq kuyovi "Sibur" kompaniyasi rahbari direktorlar kengashi a’zosi Kirill Shamalov haqida o‘tkazilgan surishtiruvi haqidagi savollarga javob berar ekan, Peskov, bu singari "vbros"lar o‘z maqsadiga yetmasligini ta’kidladi.

"Xuddi shu singari axborot mashqlari davom etaveradi, biz bu haqda yaxshi xabardormiz va avval ham xabardor bo‘lganmiz. Bularning barchasi, qoidaga ko‘ra, ba’zan mohirona, ba’zan yo‘q, turli mish-mishlarni bir-biriga qovushtirgan va asl holatga hech qanday aloqasi bo‘lmagan uydirmalardan iborat", - deb qayd etdi Peskov.

Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston
Putin nega Baydenni tabriklashga shoshilmayapti

Shu bilan birga, Peskov haqiqatga mos kelmaydigan ma’lumotlarning tarqatilishi ortida kim turganligiga aniqlik kiritib o‘tirmadi.

"Biz u yoki bu darajada ushbu faoliyat tashkilotchiligi ortida kim turganligini bilamiz. <...> Biz uchun ularning kimligini bilishning o‘zi yetarli", - deb ta’kidladi Putinning matbuot-kotibi.

Sal avval prezident matbuot-kotibi OAVda tarqalgan Putinning "tanishi" va uning yaxtasi haqidagi xabarlarni "tufta" deya atagan edi.

Yangiliklar lentasi
0