16:57 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Siyosat
Havola olish
95 0 0

Oʻzbekiston prezidenti va bosh vazirining videoanjuman shaklidagi uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Muzokaralar yakunida Qoʻshma bayonot qabul qilinib, iqtisodiyot va innovatsiyalar, va qoʻshma ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishga doir qator hukumatlararo va idoralararo bitimlar imzolanadi.

TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. Joriy yilning 11 dekabr kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston bosh vaziri Narendra Modining videoanjuman shaklidagi uchrashuvi boʻlib oʻtadi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga koʻra, tadbir kun tartibidan Oʻzbekiston-Hindiston doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari oʻrin olgan.

Koronavirus infektsiyasining global miqyosda tarqalishi oqibatlarini yengib oʻtishda yaqindan hamkorlikni davom ettirish masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi.

Oʻzaro savdo hajmini oshirish, transport aloqalarini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi, energetika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sogʻliqni saqlash, farmatsevtika va boshqa tarmoqlarda kooperatsiyani kuchaytirish hamda hududlararo muloqotlar, taʼlim va gumanitar almashinuvni faollashtirishga qaratilgan ustuvor dastur va loyihalarni koʻrib chiqish rejalashtirilgan.

Taʼkidlanishicha, uchrashuv chogʻida ikki davlat yetakchilari jahon va Markaziy Osiyodagi vaziyat yuzasidan fikr almashadilar, zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi samarali kurashish chora-tadbirlarini muhokama qiladilar.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida Qoʻshma bayonot qabul qilinib, iqtisodiyot va innovatsiyalar, moliyaviy-texnik koʻmak, bojxona ishi va savdoni texnik tartibga solish, kadrlar tayyorlash va qoʻshma ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishga doir qator hukumatlararo va idoralararo bitimlar imzolanadi.

Teglar:
onlayn-anjuman, sammit, hamkorlik, Hindiston, Oʻzbekiston, Narendra Modi, Shavkat Mirziyoyev

Asosiy mavzular