06:41 21 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Siyosat
Havola olish
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (65)
261 0 0

Tadbirda YEOIIga aʼzo davlatlar – Rossiya, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Armaniston, shuningdek, kuzatuvchi maqomidagi Moldova va taklif etilgan mamlakat sifatida Kuba yetakchilari ishtirok etmoqda.

TOSHKENT, 11 dek - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun boʻlib oʻtayotgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Oliy kengashi yigʻilishida soʻzlagan nutqida "birgalikdagi ishimiz koʻp qirrali hamkorlikni mustahkamlashga yordam beradi", deya ishonch bildirdi.

"Biz Oʻzbekistonda YEOII faoliyatini, integrallashuv jarayonlarining rivojlanishini  katta qiziqish bilan kuzatib boramiz. Tashkilotning dunyo miqyosida tobora obroʻsi oshib borayotganini alohida qayd etamiz. Biz bugun ochiq iqtisodiy siyosatni amalga oshirmoqdamiz, savdo sohasini liberallashtirish boʻyicha oʻz boshlagan ishlarimizni davom ettirmoqdamiz", - dedi Mirziyoyev va tadbir ishtirokchilariga Oʻzbekiston keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish borasida muhim bosqichda turganini eslatib oʻtdi.

Mirziyoyev shuningdek, Oʻzbekiston BSTga aʼzo boʻlish boʻyicha muzokaralar jarayonini qayta yangilaganini ham qoʻshimcha qildi.

Oʻzbekiston rahbarining aytishicha, ayni vaqtda sanoat va infratuzilmalarni modernizatsiyalash boʻyicha ishlar faol olib borilmoqda. Shuningdek, biznes muhit va investitsiya muhitini yaxshilash boʻyicha choralar koʻrilmoqda.

"Oʻzbekiston barcha xorijiy sheriklar bilan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni izchil rivojlantirish va mustahkamlash tarafdoridir. Biz Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan yaqin va koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat beramiz", - deb taʼkidladi Oʻzbekiston prezidenti oʻz chiqishida. 

Tadbirda YEOIIga aʼzo davlatlar – Rossiya, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Armaniston, shuningdek, kuzatuvchi maqomidagi Moldova va taklif etilgan mamlakat sifatida Kuba yetakchilari ishtirok etmoqda.

Kun tartibidagi asosiy masalalardan biri - Oʻzbekiston Respublikasiga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomini berish.

Mavzu:
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (65)

Asosiy mavzular