17:34 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Siyosat
Havola olish
24710

Tomonlar Janubiy Kavkazning butun hududida xavfsizlik va barqarorlik taʼminlanishiga umid bildirdilar.

TOSHKENT, 11 dek - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 dekabr kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Mirziyoyev Ozarbayjon prezidentini Togʻli Qorabogʻda harbiy harakatlar yakunlangani bilan samimiy tabriklab, birodar mamlakatning doʻst xalqiga tinchlik va ravnaq tiladi, deyiladi prezident matbuot-xizmati xabarida.

Tomonlar Janubiy Kavkazning butun hududida xavfsizlik va barqarorlik taʼminlanishiga umid bildirdilar.

Suhbatda koʻp qirrali Oʻzbekiston-Ozarbayjon munosabatlarining bugungi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Pandemiya bilan bogʻliq mushkul davrda mamlakatlarimiz bir-birini qoʻllab-quvvatlagani, bu esa ikki davlat oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik va strategik hamkorlikning navbatdagi namoyoni boʻlgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Davlat rahbarlari oʻzaro savdo hajmini oshirish, sanoat va qishloq xoʻjaligi, energetika, transport va logistika, turizm va boshqa sohalarda yetakchi korxonalarning kooperatsiyasini kengaytirishga qaratilgan qoʻshma dastur va loyihalarni faol ilgari surish muhimligiga alohida toʻxtaldilar. Tomonlar hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlarni jadal davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Suhbat yakunida Oʻzbekiston va Ozarbayjon prezidentlari global va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi yaqin muloqotni qoʻllab-quvvatlashga kelishib oldilar, shuningdek, boʻlajak oliy darajadagi ikki va koʻp tomonlama tadbirlar rejasini koʻrib chiqdilar.

Asosiy mavzular