17:48 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Siyosat
Havola olish
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (67)
54110

Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi qoʻllab-quvvatlandi – Qonunchilik palatasi.

TOSHKENT, 15 dek — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.

Kun tartibidagi masalalarni koʻrib chiqishdan avval deputatlar bir necha oylardan beri olib borgan saʼy-harakatlari mantiqiy yechim topganligini va shu yil 11 dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tarkibida kuzatuvchi maqomini olganligi ishtirokchi davlatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlanganligini mamnuniyat bilan taʼkidladilar.

Soʻzga chiqqan barcha fraktsiyalarning vakillari YEOII bilan iqtisodiy hamkorlikda faoliyat koʻrsatishga hozirlik koʻrish zarurligini qayd etdilar.

Deputatlarning bir necha oy davomida olib borgan oʻrganishlari, masalaga har tomonlama chuqur yondashuvlari natijasida mamlakatimizning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan kuzatuvchi davlat maqomida hamkorlik qilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan edi. Qolaversa, Oʻzbekiston sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, transport va tranzit sohasida oʻzaro muvofiqlashgan yondashuvlarni ishlab chiqish, mehnat migratsiyasi tizimida yaqindan hamkorlik qilish kabi muhim omillar ham oʻzaro hamkorlik qilish uchun asos boʻldi.

Deputatlarning taʼkidlashicha, Oʻzbekistonning kuzatuvchi davlat maqomida boʻlishi integratsiyalashuv jarayonining dastlabki bosqichi boʻlib, YEOIIga aʼzolikning ijobiy va salbiy jihatlarini chuqur tahlil qilish, milliy iqtisodiyotga taʼsirini oʻrganish, milliy qonunchilikni Ittifoq qonunchiligi bilan uygʻunlashtirishda qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishlarni oʻrganish va tayyorgarlik koʻrish uchun zarur imkoniyat hisoblanadi.

Oʻzbekistonning YEOII bilan hamkorligi tashqi savdo aylanmasining ortishi, iqtisodiyot tarmoqlari raqobatbardoshligining kuchayishi hamda xorijiy davlatlarda mehnat qilayotgan vatandoshlar huquqlarining himoyasi mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Qishloq xoʻjaligida bojxona tartiblarini soddalashtirish hisobidan YEOII davlatlariga Oʻzbekistondan koʻplab tovar va mahsulotlarni, shu jumladan minglab tonna meva-savzavot mahsulotlarini yetkazib berish uchun keng imkoniyatlar ochadi. Shuningdek, xalqaro tashishlar sohasida ruxsat berish uchun tartiblari soddalashtiriladi, yoʻlovchilarning, yuklar va transport vositalarining erkin harakatlanishi taʼminlanadi.

Mavzu:
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (67)
Teglar:
Oʻzbekiston, YEOII

Asosiy mavzular