16:19 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Siyosat
Havola olish
201 0 0

Xorazm viloyatida Xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyalarida Bogʻot tumani, Urganch va Xiva shaharlari hokimlari oʻzgardi.

TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. Xorazm viloyatining Bogʻot tumani, Urganch va Xiva shaharlari hokimlari oʻzgardi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xalq deputatlari Bogʻot tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Shavkat Yaxshibayev Bogʻot tuman hokimi lavozimiga tayinlandi.

Shu kungacha Bogʻot tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Oybek Xolboyev Urganch shahar hokimi etib tayinlandi.

Xalq deputatlari Xiva shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Temur Davletov Xiva shahar hokimi etib tayinlandi.

Davletov Xorazm  viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Teglar:
hokim oʻzgarishi, yangi tayinlov, Urganch, Xiva, Xorazm viloyati

Asosiy mavzular