TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bugun oʻtkazilayotgan matbuot-anjumanida Aleksey Navalnыy AQSH maxsus xizmatlari koʻmagidan foydalanib keladi, deya taʼkidladi.
Uning soʻzlariga koʻra, Navalnыyning "zaharlanishi" haqida maqolalar — bu OAV surishtiruvi emas, balki amerika maxsus xizmatlari materiallarini qonuniylashtirilishidir.
"Biz hammamiz bu nimaligini yaxshi tushunamiz. Bu degani berlin klinikasidagi bemor ... AQSH maxsus xizmatlari qoʻllab-quvvatlovidan foydalanmoqda. Uni zaharlashning nima keragi bor, u kimga kerak? Agar istashganida, oxirigacha bajarilardi bu ish. Uning rafiqasi menga murojaat qilgach, men darhol bemorni Germaniyaga davolanishga olib ketilishiga ruxsat berishlarini aytib, buyruq berdim", — dedi Putin.
Rossiya yetakchisi, rossiyaliklarni tan olishlarini "tryuklar bilan emas, real ishlar bilan" qozonish kerakligini qayd etdi.