19:08 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Siyosat
Havola olish
139 0 0

Bosh prokuratura maʼlumotlariga koʻra, xizmat tekshiruvida Jasur Fozilov masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻyib, oʻzi rahbarlik qilayotgan prokuratura ish yurituvida boʻlgan jinoyat ishining tergovi ustidan nazoratni taʼminlamagan.

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. Bosh prokuror Yigʻmatilla Yoʻldoshev oʻz lavozimiga qaytgan Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilovga hayfsan eʼlon qildi.

Bosh prokuratura rasmiy bayonotida taʼkidlanishicha, 2020 yil 2 dekabr kuni xizmat vazifalarini bajarishdan vaqtincha chetlashtirilgan Jasur Fozilovga nisbatan xizmat tekshiruvi yakunlanganligi munosabati bilan bosh prokurorning buyrugʻiga asosan shahar prokurori 2020 yil 19 dekabrdan xizmat vazifalarini bajarishga kirishgan.

Xizmat tekshiruvida Fozilov oʻz xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmasdan, masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻyib, oʻzi rahbarlik qilayotgan prokuratura ish yurituvida boʻlgan jinoyat ishining tergovi ustidan nazoratni taʼminlamaganligi aniqlangan. Amaldagi qonunchilik bilan muqobil tekshiruvlar bekor qilingan boʻlsa-da, jinoyat ishiga aloqasi boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar mansabdor shaxslarini tergovga jalb qilib, soʻroq qilish orqali muqobil tekshirgan. Shuningdek, asossiz ravishda tadbirkorni chaqirtirish va majburiy keltirish haqida qoʻl ostidagi tergovchiga topshiriq bergan.

“Shularga koʻra, Bosh prokurorning 21.12.2020 yildagi buyrugʻi bilan Buxoro shahar prokurori J.Fozilovga hayfsan intizomiy jazosi qoʻllanildi”, - deyilgan xabarda.

Teglar:
Oʻzbekiston yangiliklari, Nigʻmatilla Yoʻldoshev, hayfsan, Bosh prokuratura, Jasur Fozilov

Asosiy mavzular