17:33 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Siyosat
Havola olish
272 0 0

Qonunda aniqlik kiritilishicha, Federatsiya Kengashiga prezident tomonidan tayinlanadigan soni 30 nafardan koʻp boʻlmagan RF vakillari kiradi, ular orasida yetti nafarigina umrbod tayinlanishi mumkin.

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. Vladimir Putin federal qonunni imzoladi, unga koʻra davlat rahbari prezident vakolatlari tugaganidan soʻng senator boʻlishi va umrbod belgilangan kvotaga daʼvogarlik qilishi mumkin, deb xabar beradi RIA Novosti huquqiy axborot rasmiy Internet portaliga tayangan holda.

Ushbu yangiliklarni koʻzda tutuvchi "Federatsiya Kengashini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida"gi yangi tahrirdagi qonunning tashabbuskori RF prezidenti boʻldi. Ushbu hujjat Konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish doirasida kiritilgan.

Yangi nizomga muvofiq, RFning sobiq prezidenti FKga tegishli hujjatlar kiritilgan arizani taqdim etgan kundan boshlab senator maqomini oladi.

Ariza prezidentlik vakolati tugagan muddatdan boshlab uch oy davomida taqdim etilishi mumkin. Ushbu qonun qabul qilingunga qadar vakolatlari tugatilgan prezident bu ishni istagan vaqtida amalga oshirishi mumkin.

Qonunda aniqlik kiritilishicha, Federatsiya Kengashiga har bir regionning ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi hukumat vakillaridan tashqari, prezident tomonidan tayinlanadigan soni 30 nafardan koʻp boʻlmagan RF vakillari kiradi, ular orasida yetti nafarigina umrbod tayinlanishi mumkin.

Umrbod senatorlik vakolatlarini amalga oshiruvchi RF vakillari davlat va jamoatchilik sohalarida ulkan hissa qoʻshgan fuqarolar tayinlanishi mumkin.

Senatorlar - (yetti kishidan koʻp boʻlmagan) RF vakillari prezident farmoni bilan olti yilga yoki umrbod tayinlanadi. Senatorlarni tayinlash prezident vazifasiga kirmaydi, ammo bunga u haqli va istalgan vaqtda uning xohishiga koʻra amalga oshirilishi mumkin.

 

Tegishli qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Asosiy mavzular