09:56 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Siyosat
Havola olish
166221

Rossiyada boshqa birorta davlatda boʻlmagan qurol paydo boʻldi, deb bayonot qildi RF prezidenti Vladimir Putin

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. Rossiyaning istiqbolli raketa majmualariga gipertovushli "Avangard" bloklari oʻrnatiladi, deb bayonot qildi davlat rahbari Vladimir Putin RF Mudofaa vazirligi xayʼati yigʻilishi davomida.

Uning soʻzlariga koʻra, ayni vaqtda mutaxassislar eng yangi jangovar texnikani "Stilet" raketalaridan koʻchirishni rejalashtirishmoqda.

"Bizda dunyoda boshqa hech kimda yoʻq qurol paydo boʻldi. Bunda, albatta, birinchi galda gipertovushli qurol nazarda tutilmoqda", - dedi Putin.

Rossiya yetakchisi mamlakat Qurolli kuchlari boshqa xorijiy davlatlardan ortda qolishi kerak emasligini aytdi. Putinning soʻzlariga koʻra, RF "bir qadam oldinda" harakatlanmogʻi lozim.

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha Rossiya Mudofaa vazirligi "Avangard" tezligi haqida yangi maʼlumotlarni taqdim etdi.

Idora maʼlumotlariga koʻra, raketa majmuasining gipertovushli bloki 28 Maxgacha tezlikni oladi. 

Yer sathida 1 Max taxminan soniyasiga 340 metrga teng, 28 Max esa - soniyasiga 7,5 kilometrga.

Taxminlarga koʻra, "Avangard" jangovar bloklari yangi "Sarmat" mintaqalararo ballistik raketalariga oʻrnatiladi.

Asosiy mavzular