Rahmon bilan ikki soat: Abdulla Abdulla nega Tojikistonga kelgan edi

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr Afganistana Abdulla Abdulla
Premyer-ministr Afganistana Abdulla Abdulla - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston Milliy yarashuv oliy kengashi raisi Abdulla Abdulla tinchlikka erishuv bo‘yicha tajriba o‘rganish maqsadida Tojikiston prezidenti bilan uchrashuvga kelganini ma’lum qildi

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Afg‘oniston Milliy yarashuv oliy kengashi raisi Abdulla Abdulla Tojikistonga tashrifini yakunladi. Safarning so‘nggi daqiqalarida u jurnalistlar bilan uchrashuvga vaqt topdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.

Prezident bilan ikki yarim soat

Abdulla Abdullaning ta’kidlashicha, uning Tojikistonga uyushtirgan safari maqsadi jahon hamjamiyati e’tiborini Afg‘onistondagi tinchlik jarayoniga jalb qilishdangina iborat emas edi.

Amerikanskiy voyenniy v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistondagi amerika bazasiga to‘rtta raketa bilan zarba berildi - OAV

Afg‘oniston Milliy yarashuv oliy kengashi raisining so‘zlariga ko‘ra, respublika prezidenti Emomali Rahmon bilan muzokaralar ikki yarim soat davom etgan.

"Tojikiston hamisha afg‘ondagi tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlagan. Men ushbu masalada fikr almashish uchun keldim. Xususan, biz (prezident Emomali Rahmon bilan - tahr.) tinchlikka erishish bo‘yicha tajriba xususida muloqot qildik. Tojikiston Afg‘onistonni barcha mintaqaviy va global forumlarda qo‘llab-quvvatlagan", - degan doktor Abdulla.

Afg‘on siyosatchisi, shuningdek, tojik xalqi va hukumatini juda tashvishga solayotgan masala bu Afg‘onistonda joylashgan terroristik uyushmalar faoliyati, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi muammosi ekanligini ta’kidlagan.

Politolog Dmitriy Verxoturov - Sputnik O‘zbekiston
Verxoturov Afg‘oniston bo‘yicha tinchlik muzokaralari nega to‘xtatilgani haqida

"Agar Afg‘onistonda tinchlikka erishilsa, hech qanday terroristik uyushmalar yoki narkomafiya boshqa davlatlarga tahdid bo‘lmaydi", - degan Abdulla Abdulla hamda ikki davlat hukumati terroristik uyushmalar tahdidiga qanday qarshi turish masalasi borasida mudom muloqot qilib kelishlarini qo‘shimcha qilgan.

Bu vaqt orasida...

Pentagon rahbari vazifasini bajaruvchi Kris Miller Afg‘onistonga oldindan e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi.

Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligi saytida xabar berildi.

Miller o‘z safari davomida Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani bilan uchrashgan. Muzokaralarda Afg‘oniston milliy va mudofaa kuchlariga AQSh tomonidan harbiy ko‘mak ko‘rsatish masalasi muhokama qilingan.

Pentagon saytida aniqlik kiritilishicha, Millerning Afg‘onistonga tashrifi haqida "xavfsizlik nuqtayi-nazaridan" oldindan e’lon qilinmagan.

Yangiliklar lentasi
0