16:55 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Siyosat
Havola olish
115 0 0

Oʻzbekiston va Rossiya TIV rahbarlari Oʻzbekistonga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi huzurida kuzatuvchi maqomi berilishi taqdim etadigan yangi istiqbollarni muhokama qildi

TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Moskvaga amaliy tashrifi doirasida rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston – Rossiya koʻp qirrali hamkorligining ustuvor yoʻnalishlari, xalqaro va mintaqaviy muammolar boʻyicha fikr almashinildi.

Muloqotda boʻlib oʻtajak oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlarning amaliy jihatlariga alohida eʼtibor qaratildi.

“Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligidagi raisligi natijalari hamda Oʻzbekistonga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi huzurida kuzatuvchi maqomi berilishi taqdim etadigan yangi istiqbollar muhokama qilindi”, - deyilgan TIV xabarida.

Shuningdek, boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari ham kelishib olindi.

Teglar:
YEOII, Oʻzbekiston, Rossiya, Sergey Lavrov, Abdulaziz Kamilov

Asosiy mavzular