10:00 23 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Siyosat
Havola olish
35910

Prezident parlamentga murojaatnomasida mamlakatning tashqi siyosatini amalga oshirishdagi ustuvor vazifalarga ham toʻxtalib oʻtdi.

TOSHKENT, 29 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida mamlakatning tashqi siyosatini amalga oshirishdagi ustuvor vazifalarga ham toʻxtalib oʻtdi.

Oʻzbekiston olib borayotgan ochiq, pragmatik va amaliy tashqi siyosatni inobatga olib hamda uzoq muddatli strategik maqsadlardan kelib chiqqan holda, Tashqi siyosiy faoliyat kontseptsiyasi takomillashtiriladi.

  • Markaziy Osiyo davlatlari bilan koʻp asrlik doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va oʻzaro ishonch ruhidagi aloqalar yanada mustahkamlanadi;
  • asosiy xorijiy sheriklar Rossiya, Xitoy, AQSH, Turkiya, Germaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Pokiston, BAA va boshqa qator davlatlar bilan koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli aloqalar yanada kengaytiriladi;
  • Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatilishi yoʻlida amaliy yordam bundan keyin ham koʻrsatiladi;
  • Birlashgan Millatlar Tashkiloti, boshqa nufuzli xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar bilan yaqin hamkorlikni rivojlantirish masalalari doimo eʼtibor markazida boʻladi;
  • inson huquqlarini taʼminlash, soʻz va diniy eʼtiqod erkinligi boʻyicha erishayotgan yutuqlar tegishli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda izchil mustahkamlab boriladi;
  • qoʻshni davlatlar va jahon jamoatchiligi bilan birgalikda Orol dengizi halokati oqibatida yuzaga kelgan ekologik fojialar taʼsirini yumshatishga qaratilgan harakatlar qatʼiy davom ettiriladi;

Shuningdek, prezident tashqi ishlar vaziri va uning oʻrinbosarlari hamda mamlakatning chet ellardagi elchilari mazkur davlatlar bilan yangi, yanada samarali ish tizimini joriy etishlari zarurligini qayd etdi.

2021-2022 yillarda Oʻzbekistonning Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga raislik qilishi boʻyicha ham jiddiy tayyorgarlikni boshlangan.

Teglar:
prezidentning parlamentga murojaatnomasi, Oʻzbekiston yangiliklari, tashqi siyosat, Oʻzbekiston, Shavkat Mirziyoyev

Asosiy mavzular