18:01 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Siyosat
Havola olish
201 0 0

Suhbatda ikki tomonlama aloqalar va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilindi, Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning birinchi galdagi vazifalari belgilandi.

TOSHKENT, 30 dek - Sputnik. Bugun, 30 dekabr kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari kirib kelayotgan Yangi yil bilan bir-birlarini samimiy qutlab, Oʻzbekiston va Tojikiston birodar xalqlariga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

Suhbatda ikki tomonlama aloqalar va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilindi, Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning birinchi galdagi vazifalari belgilandi.

Barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlash, zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi kurashish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish, jumladan, tovar ayirboshlashni koʻpaytirish, qoʻshma kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Davlat rahbarlari boʻlajak ikki va koʻp tomonlama tadbirlar rejasini koʻrib chiqdilar. Oʻzbekiston yetakchisi birodar Tojikiston prezidentiga 2021 yilda Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislikda muvaffaqiyat tiladi.

Asosiy mavzular