18:10 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Siyosat
Havola olish
12210

Davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikni, shu jumladan, savdo portfelini yanada kengaytirish, investitsiya loyihalari, sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport va energetika sohalarida aloqalarni chuqurlashtirish lozimligini qayd etdilar.

TOSHKENT, 30 dek - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 dekabr kuni Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida Oʻzbekiston va Qozogʻiston prezidentlari bir-birlarini va ikki mamlakatning qardosh xalqlarini kirib kelayotgan yangi 2021 yil bilan samimiy tabrikladilar, tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

Oʻtayotgan yilning barcha xatar va qiyinchiliklariga qaramay, Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik rishtalari, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining izchil rivojlanishi taʼminlanganligi alohida taʼkidlandi.

Davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikni, shu jumladan, savdo portfelini yanada kengaytirish, investitsiya loyihalari, sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport va energetika sohalarida aloqalarni chuqurlashtirish lozimligini qayd etdilar. Hududlar oʻrtasidagi yaqin hamkorlikni davom ettirish, madaniy-gumanitar almashinuvning keng dasturini amalga oshirishga katta eʼtibor qaratildi.

Prezidentlar, shuningdek, mintaqaviy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashib, boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar  rejasini muhokama qildilar.

Davlatimiz rahbari Qozogʻiston Prezidentiga 2021 yilda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga muvaffaqiyatli raislik qilishini tiladi.

Asosiy mavzular