07:44 21 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Siyosat
Havola olish
100 0 0

Tomonlar taʼlim sohasida, xususan, Termiz shahridagi Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazi orqali oʻzaro hamkorlik istiqbollarini ham muhokama qildi.

TOSHKENT, 9 yanv - Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Hindiston elchisi Manish Prabhat bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati xabar bermoqda.

"Tomonlar taʼlim sohasida, xususan, Termiz shahridagi Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazi orqali oʻzaro hamkorlik istiqbollarini ham muhokama qildi", - deyiladi xabarda.

Suhbat davomida 2020-yilning dekabr oyida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi oʻrtasidagi virtual Sammitning muvaffaqiyatli oʻtkazilganligi taʼkidlandi hamda Afgʻoniston masalasida ikki tomonlama hamkorlikning ayrim jihatlari muhokama qilingan.

Afgʻonistonda siyosiy tinchlik jarayonini boshlashga koʻmaklashish boʻyicha Oʻzbekiston tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar, ushbu mamlakatda amalga oshirilayotgan transport-kommunikatsiya loyihalari toʻgʻrisida Hindiston tomoniga maʼlumot berilgan.

Hindiston elchisi Afgʻonistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlikni oʻrnatish, uning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklash va afgʻonlararo inklyuziv muloqotlarni davom ettirishda Oʻzbekistonning faol ishtirokini alohida qayd etgan.

Asosiy mavzular