11:42 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Siyosat
Havola olish
83321

Belarus yetakchisining soʻzlariga koʻra, uning ish kunining boshi va oxiri yoʻq, oʻta ish koʻpayib ketgan kunlarda esa, sutkalab ishlashga toʻgʻri keladi. Lukashenko yoshlikdan tong sahar turishga odatlanganini aytdi.

TOSHKENT, 10 yanv - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko oʻzini orqavarotdan "batka" deb chaqirishlariga allaqachon koʻnikkanligini tan oldi, u prezident rolini gʻildirak ichidagi olmaxonga qiyosladi.

"Nima, ha, men oʻsha batkaman. Yoqadimi, yoqmaydimi, batkaman. Men bunga koʻnikdim", – dedi Belarus yetakchisi "Rossiya 1" telekanaliga bergan intervyusida.

U shuningdek, hech qachon oʻzida charchoq his qilmasligini qoʻshimcha qildi, chunki, prezidentning bu haqda oʻylashga vaqti yoʻq.

"Prezident – bu gʻildirak ichidagi olmaxon. Toʻxtashning imkoni yoʻq. Gʻildirak aylanaveradi – sen yuguraverasan, yuguraverasan, yuguraverasan. Xalq tili bilan aytganda, tiling osilib, jon beradigan bir ahvolgacha shunday davom etaveradi", - dedi Lukashenko.

Belarus yetakchisining soʻzlariga koʻra, uning ish kunining boshi va oxiri yoʻq, oʻta ish koʻpayib ketgan kunlarda esa, sutkalab ishlashga toʻgʻri keladi. Lukashenko yoshlikdan tong sahar turishga odatlanganini aytdi.

"Olti, besh yarimlarda uygʻonaman va badantarbiya bajarishga kirishaman", - dedi Lukashenko.

Asosiy mavzular