18:03 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Siyosat
Havola olish
84 0 0

Qirgʻizistonda ayni damda hisoblangan ovozlar natijalariga koʻra, saylovchilarning kamida 80% bosh vazir Sadыr Japarovga ovoz berishgan.

TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Qirgʻiziston prezident saylovida ayni damga qadar hisoblangan 98 % byulletenlar hisoblab chiqilgan va saylovchilarning aksariyati Sadыr Japarovga ovoz bergan. Bu haqida Qirgʻiziston Markaziy saylov qoʻmitasi xabar qilmoqda. 

Toshkent vaqti bilan tong soat 07:00 holatiga koʻra, 2425ta saylov uchastkalaridagi qutilariga oʻrnatilgan maxsus apparatura ovozlarni hisoblab chiqishga ulgurgan. Hisoblanmagan 51ta saylov uchastkasi qolgan. 

Ushbu hisob kitob natijasiga koʻra, Sadыr Japarov uchun 1,117  kishi yoki 79,2% saylovchilar ovoz berishgan. Undan tashqari qoʻlda hisoblanadigan saylov uchastkalaridagi ovozlarni qoʻshganda Japarov - 80%dan koʻproq ovoz toʻplagani maʼlum boʻldi, - deyilgan xabarda. 

Eslatib oʻtamiz, Qirgʻizistonda oʻtgan yilning oktyabr oyida aholi boʻlib oʻtgan parlament saylovlari natijalaridan norozi boʻlib, prezidet isteʼfosini va saylovlarni qaytatan oʻtkazishni talab qilishgan edi. Shundan soʻng Sooranbay Jeenbekov isteʼfoga chiqqan edi. Ayni damda Qirgʻizistonda prezident saylovlari bilan bir vaqtda Respublikada prezident yoki parlament boshqaruvchini oʻrnatish haqida ham referendum boʻlib oʻtmoqda. Uning natijalariga koʻra, 80 % saylovchilar prezident boshqaruvini maʼqul koʻrishgan. 

 

Asosiy mavzular