Harbiy qismlar eshiklari el uchun ochiq bo‘lishi kerak – Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev posetil artilleriyskuyu brigadu Sentralnogo voyennogo okruga v Djizakskoy oblasti
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil artilleriyskuyu brigadu Sentralnogo voyennogo okruga v Djizakskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev mutasaddilarga bugun dunyoda kuzatilayotgan xavf-xatarlardan kelib chiqib, jangovar tayyorgarlikni yangi pog‘onaga ko‘tarish, xorij tajribasini o‘rganish, eng ilg‘or axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatidagi Markaziy harbiy okrugning artilleriya brigadasini borib ko‘rdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Mazkur harbiy qismda katta hajmdagi qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, barcha zamonaviy qulayliklar yaratilgan. Qurolli kuchlar Oliy bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev ushbu sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
“Asosiy maqsadimiz - xalq bilan armiya birdamligi. Harbiy qismlar eshiklari el uchun ochiq bo‘lishi kerak. Milliy armiyamizning nuri, ma’naviyati hammaga yetib borishi zarur. Yoshlarni bu yerga olib kelib ko‘rsatish, o‘rgatish kerak. Bu ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mamlakatimiz tarixi va qudrati haqida bilimlarini boyitishga xizmat qiladi. Bundan ota-onalar ham xursand bo‘ladi”, - dedi prezident.
O‘quv binosi eng ilg‘or harbiy tayyorgarlik talablariga mos jihozlangan. O‘quv trenajorlari jangovar vaziyatga maksimal yaqinlashtirilgan.
Davlat rahbari askarlarning o‘quv-mashg‘ulotlarini ko‘zdan kechirdi. Harbiy bilim va ko‘nikmalarni maktab davridanoq to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, harbiy bilim yurtlari bilan harbiy okruglar o‘rtasidagi aloqani kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev posetil artilleriyskuyu brigadu Sentralnogo voyennogo okruga v Djizakskoy oblasti
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil artilleriyskuyu brigadu Sentralnogo voyennogo okruga v Djizakskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Prezident mutasaddilarga bugun dunyoda kuzatilayotgan xavf-xatarlardan kelib chiqib, jangovar tayyorgarlikni yangi pog‘onaga ko‘tarish, xorij tajribasini o‘rganish, eng ilg‘or axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev posetil artilleriyskuyu brigadu Sentralnogo voyennogo okruga v Djizakskoy oblasti
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil artilleriyskuyu brigadu Sentralnogo voyennogo okruga v Djizakskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev harbiy qismdagi tibbiyot punktini kirib ko‘rdi. Bu yerda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga malakali xizmat ko‘rsatilmoqda. Prezident ushbu punktdagi uskuna va kadrlar salohiyatidan foydalanib, harbiy qism yaqinidagi Olmachi mahallasi aholisini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, xalq salomatligini mustahkamlashga hissa qo‘shish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, Mudofaa vazirligining zaxirasi sifatida har biri 500 o‘rinlik ikkita mobil gospital tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi.
Yangiliklar lentasi
0