17:44 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Siyosat
Havola olish
110 0 0

Mirziyoyev Sadir Japarov bilan Oʻzbekiston va Qirgʻiziston orasidagi munosabatlarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.

TOSHKENT, 12 yanv - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻizistonning yangi saylangan prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi

Mirziyoyev Sadir Japarovni Qirgʻizistonda boʻlib oʻtgan prezident saylovidagi ishonchli gʻalabasi hamda Qirgʻiziston Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha referendumning muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan tabrikladi.

Oʻz navbatida, Sadir Japarov Oʻzbekiston Prezidenti va koʻp millatli xalqiga zamonaviy xatarlarni yengib oʻtishda va koronavirus pandemiyasi oqibatlariga qarshi kurashishda qardosh Qirgʻizistonga koʻrsatilayotgan koʻmak uchun minnatdorlik bildirdi.

Suhbat davomida Shavkat Mirziyoyev kelayotgan yil Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik, ishonch va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ularni sifat jihatidan yangi mazmun bilan boyitish davri boʻlishi lozimligini qayd etdi.

Bular, avvalo, Davlat chegaralarini delimitatsiya qilish borasidagi qoʻshma ishlarning natijadorligini oshirish, tovar ayirboshlashni koʻpaytirish, sanoat, energetika va qishloq xoʻjaligida kooperatsiyani kuchaytirish, hududlararo aloqalar va gumanitar almashinuvni kengaytirish, samarali transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish boʻyicha mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari va boshqalar.

Shuningdek, xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy tuzilmalar doirasida aniq va konstruktiv muloqotni davom ettirish va oʻzaro qoʻllab-quvvatlashdan ikki tomon ham manfaatdor ekani taʼkidlandi.

Suhbat ochiq va doʻstona ruhda oʻtdi.

Asosiy mavzular