AQSh rossiyalik diplomatlarni Bayden inauguratsiyasiga taklif qildi

© AP Photo/Carolyn KasterDjo Bayden predstavlyayet svoyu komandu po vneshney politike i natsionalnoy bezopasnosti v Uilmingstone
Djo Bayden predstavlyayet svoyu komandu po vneshney politike i natsionalnoy bezopasnosti v Uilmingstone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Odatda xorijiy davlatlar elchilari prezident inauguratsiyasida ishtirok etishadi, ammo joriy yilda u qisqartirilgan tarkibda o‘tmoqda, va diplomatlar uchun joy topilishi shu paytgacha noma’lum edi.
TOShKENT, 12 yanv - Sputnik. AQSh Rossiyani yangi saylangan prezidenti Jo Baydenning 20-yanvarga rejalashtirilgan inauguratsiyasiga taklif etdi. Tadbirda Rossiya elchisi darajasida ishtirok etish reja qilingan, deb xabar bermoqda RIA Novosti Vashingtondagi Rossiya dipmissiyasiga tayangan holda.
Shturm Kapitoliya, strelba i pogibshie: glavnoe o sobitiyax v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
AQShdagi tartibsizliklar, otishma va qurbonlar – voqea joyidan video
"Taklifnoma olindi. Elchi darajasida ishtirok kutilmoqda", - deb aytgan RIA Novostiga elchixona vakili.
Odatda xorijiy davlatlar elchilari prezident inauguratsiyasida ishtirok etishadi, ammo joriy yilda u qisqartirilgan tarkibda o‘tmoqda, va diplomatlar uchun joy topilishi shu paytgacha noma’lum edi.
Avval boshda, tantanali marosimga faqatgina kongress a’zolari va ularning mehmonlari o‘tkazilishi xabar qilingan edi - ya’ni, ularning soni 1100 kishidan ortmasligi aytilgandi.
AQShda 3-noyabr kuni o‘tkazilgan prezident saylovlari natijalariga ko‘ra, demokrat Jo Bayden g‘alaba qozondi.
Aksiya protesta storonnikov D. Trampa v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Vashingtondagi tartibsizliklarda 4 kishi halok bo‘ldi
Amaldagi davlat rahbari Donald Tramp o‘z mag‘lubiyatini tan olganicha yo‘q.
Oltinchi yanvar kuni Vashingtondagi mitingda Tramp o‘z tarafdorlarini prezident saylovlari natijalarini qaytadan ko‘rib chiqish uchun "ojiz respublikachilarga yordam berish uchun" Kapitoliyga borishga da’vat qilgan edi. Olomon Kapitoliyni o‘rab oldi, bino ichiga bostirib kirdi va tartibsizliklarni yuzaga keltirdi, oqibatda Jo Bayden g‘alabasini tasdiqlayotgan kongressning qo‘shma sessiyasi vaqtincha to‘xtatildi. Besh kishi ushbu to‘qnashuvlar tufayli qurbon bo‘ldi.
Demokratlar kongressda tartibsizliklar va zo‘ravonlikka da’vat qilgani uchun Trampga impichment e’lon qilishni rejalashtirmoqda.
Yangiliklar lentasi
0