17:15 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Siyosat
Havola olish
196 0 0

Abduqodir Toshqulov nomzodi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, Sherzod Hidoyatov nomzodi esa uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri lavozimiga maʼqullandi.

TOSHKENT, 14 yanv — Sputnik. Bugun, 14 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.

Unda deputatlar oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri lavozimiga Abduqodir Toshqulov nomzodini koʻrib chiqdi va maʼqulladi. U hozirga qadar Termiz davlat universiteti rektori hamda Senat aʼzosi edi.

Shundan soʻng deputatlar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri lavozimiga  Sherzod Hidoyatov nomzodini koʻrib chiqdi va maʼqulladi. Hidoyatov hozirga qadar qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Deputatы odobrili kandidaturы Abdukodira Toshkulova na post ministra vыsshego i srednego spetsialnogo obrazovaniya i Sherzoda Xidoyatova — na post ministra JKO.
Press-slujba Zakonodatelnoy palatы Oliy Majlisa Uzbekistana
Deputatы odobrili kandidaturы Abdukodira Toshkulova (na foto sprava) na post ministra vыsshego i srednego spetsialnogo obrazovaniya i Sherzoda Xidoyatova — na post ministra JKO.

Deputatlar tomonidan maqullangan nomzodlar prezidentning tegishli farmonidan keyin oʻz lavozimlariga tayinlanishadi.

Asosiy mavzular