11:39 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Siyosat
Havola olish
247 0 0

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining sobiq rahbari Inomjon Majidov Oʻzbekiston Milliy universiteti rektori etib tayinlandi.

TOSHKENT, 14 yanv — Sputnik. Abduqodir Toshqulov Oʻzbekiston oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri lavozimiga tayinlandi. Prezident tegishli farmonga imzo chekdi, deb xabar qildi vazirlik matbuot xizmati.

Avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Toshqulovning nomzodi ushbu lavozimga tasdiqlangan edi. U hozirga qadar Termiz davlat universiteti rektori vazifasini bajarib kelayotgan edi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan Inomjon Majidov Oʻzbekiston Milliy universiteti rektori, Oʻktam Salomov Fargʻona politexnika instituti rektori, Avazjon Marahimov Termiz davlat universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

Teglar:
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tayinlov, Abduqodir Toshqulov

Asosiy mavzular