04:21 07 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Siyosat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1391)
483 0 0

Pompeoning soʻzlariga koʻra, AQSH Uxan virusologiya institutining bir necha nafar tadqiqotchilari 2019 yilning yozida - hali COVID-19 birinchi holati qayd etilgunga qadar kasallanishgan, deyish uchun barcha asoslarga ega.

TOSHKENT, 16 yanv - Sputnik. AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo koronavirus pandemiyasi XXR laboratoriyalarida yuzaga kelgan boʻlishi mumkin mazmunida tarqalgan taxminlarni tasdiqlovchi maʼlumotni eʼlon qildi.

Pompeo oʻz bayonotini ushbu haftada koronavirus pandemiyasi sabablarini oʻrganish va bu borada surishtiruv oʻtkazish uchun Xitoyga yetib borgan Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti inspektorlariga yoʻlladi.

"AQSH hukumati bugun 2019 yilda Xitoy davlat laboratoriyalari faoliyati ichida yuz bergan yangi maʼlumotlar haqida xabar berishmoqda", - deyiladi Pompeoning yozma bayonotida. Jumladan, uning soʻzlariga koʻra, AQSH Uxan virusologiya institutining bir necha nafar tadqiqotchilari 2019 yilning yozida - hali COVID-19 birinchi holati qayd etilgunga qadar kasallanishgan, deyish uchun barcha asoslarga ega.

Bundan tashqari, institutda kamida 2016 yildan boshlab COVID-19 bilan 96% ga oʻxshash boʻlgan RaTG13 koʻrshapalaklarida koronavirus oʻrganilgan. Uning soʻzlariga koʻra, institut virusning ehtimoliy "yuqumliligi yoki oʻlim holatlarini oshirishi boʻyicha oʻtkazilgan tajribalar" borasida hisobot taqdim etmagan.

Virusologiya instituti harbiy tadqiqotlar bilan bogʻliq, deya taʼkidlagan yana Pompeo. "Uzan virusologiya instituti fuqarolik instituti sifatida taqdim etilishiga qaramay, u Xitoy harbiylari bilan materiallar chop etishda va maxfiy loyihalarda hamkorlik qilgan", - deyiladi Pompeo bayonotida.

"COVID-19 pandemiyasi oldini olish mumkin edi. Har qanday masʼuliyatli davlat infektsiya avj olganidan bir necha kun oʻtgach Uxanga sogʻliqni saqlash sohasida jahon ekspertlarini taklif qilgan boʻlar edi", - degan Pompeo.

COVID-19 laboratoriyadan nazoratsiz chiqib ketgan boʻlishi mumkin - Britaniya razvedkachilari >>>

U yana bir karra BSST ekspertlariga barcha obʼyektlarga, laboratoriya maʼlumotlariga, xodimlarga, guvohlarga va shikoyatchilarga yoʻl ochib berishga chaqirib qolgan.

AQSH bundan oldin ham koronavirus xitoy laboratoriyalarida paydo boʻlgan boʻlishi mumkin, degan taxminlarni bildirib kelgan, ammo shu vaqtgacha oʻz soʻzlariga dalillarni keltirmagan edi.

Pompeoning hozirgi taʼkidlari ham hujjatlar bilan dalillanmagan. Xitoy bu ayblovlarni rad etmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1391)
Teglar:
koronavirus pandemiyasi, Britaniyada koronavirusning yangi shtammi, koronavirus

Asosiy mavzular