14:23 03 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Siyosat
Havola olish
61801

Yevroparlament YEIning barcha aʼzolariga Rossiya bilan munosabatlarni tanqidiy nazardan qayta koʻrib chiqishni tavsiya qildi va "Shimoliy oqim-2"ni toʻxtatishga chaqirdi.

TOSHKENT, 22 yanv — Sputnik. Yevropa Parlamenti Rossiyada muxolifatchi Aleksey Navalniyning hibsga olinishidan soʻng “Shimoliy oqim-2” qurilishini toʻxtatishni va Moskvaga qarshi sanktsilarni kuchaytirish toʻgʻrisidagi rezolyutsiyani qabul qildi.

Rossiyaga qarshi rezolyutsiyani qabul qilishga 581 nafar deputat rozi boʻldi. Qarshi boʻlganlar - 50 kishi va beteraflar - 44 kishini tashkil qildi. Yevroparlamentning ushbu rezolyutsiyasi  deklaratib xarakterga ega boʻlib, u Ittifoq aʼzolaridan majburiy harakatlarni talab qilmaydi, lekin YEIning boshqa organlari oʻz qarorlarida ushbu rezolyutsiyani nazarda tutishlari kerak boʻladi.

“Yevroparlament YEI aʼzolaridan Rossiya bilan hamkorlikni tanqidiy nuqtai nazardan qayta koʻrib chiqishni talab qiladi”, - deyilgan hujjatda.

Undan tashqari rezolyutsiya Moskva bilan munosabatlarda, fuqaro hamjamiyatini qoʻllab-quvvatlovchi yangi strategiya ishlab chiqish zarurligi taʼkidlangan.

Shu bilan birga Yevroparlament Moskvada Aleksey Navalniyni va uning jamoasi aʼzolarini darhol ozod qilishni talab qilgan. Undan tashqari YEP muxolifatchini hibsga olish ortida turgan barcha jismoniy va yuridik shaxslarga, Kreml bilan bogʻliq boʻlgan oligarxlarga va ularning oila aʼzolariga nisbatan ham sanktsiyalar kiritishni talab qilgan.

Yevropa qonunchiligiga koʻra, Rossiyaga qarshi sanktsiyalar faqat YEIning barcha 27 aʼzosi maʼqullagandagina kiritilishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, 2020 yilning avgustida Navalniy kuchli zaharlanish oqibatida Omsk shahri kasalxonasiga olib kelinadi. U yerda shifokorlar uning hayotini saqlab qolishadi, lekin hech qanday zaharlanish izi topa olishmaydi. Shundan soʻng Navalniyning rafiqasi iltimosiga binoan maxsus samolyotda muxolifatchi Germaniyaning “Sharite” klinikasiga koʻchiriladi.

2020 yilning oktyabr oyida Yevroparlament ilk bor Navalniyning zaharlanishida Rossiya hukumatini ayblagan edi. Oʻsha vaqtda “Shimoliy oqim-2”ni toʻxtatish haqida dastlabki muhokamalar boshlangan edi.

17 yanvarda Rossiyaga qaytib kelgan Aleksey Navalniy aeroportda hibsga olinib, sud qaroriga koʻra 30 kunlik tergovgacha saqlash izoliyatoriga joylashtiriladi. Rossiyada muxolifatchi bir qator maʼmuriy va jinoiy qoidabuzarliklarda, jumladan katta miqdordagi mablagʻlarni talon-taroj qilishda ayblanmoqda.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov oʻtgan haftada bergan katta intervyusida Yevropa Ittifoni Rossiyaga qoʻygan ayblovlari boʻyicha bororta ham dalil keltra olgani yoʻq. Rossiyaning ushbu ishni birgalikda oʻrganish taklifini esa rad etmoqda, deb javob bergandi.

Oʻz navbatida, Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov – Kreml bu mavzuda Gʻarb bayonotlariga quloq solmasligini taʼkidlagan edi.

Asosiy mavzular