02:01 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Siyosat
Havola olish
388 0 0

Prezident Buxoro viloyatidagi uchrashuvda amaldorlarga koʻproq ishlash kerakligini maslahat berdi. Aniq takliflar bilan chiqqan fuqarolarni esa qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 25 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatining Olot tumani markazida Olot, Qorakoʻl, Jondor va Shofirkon tumanlari faollari, mahalla raislari bilan uchrashuvda amaldorlarga koʻproq ishlash kerakligini maslahat berdi.

Prezident matbuot xizmati tomonidan davlat rahbarining viloyatga tashrifiga bagʻishlab tayorlangan maxsus reportajida davlat rahbari fuqaro va amaldorlardan taklif va savollar soʻragan. Shuningdek, quruq hisobot bilan cheklanayotgan mansabdorlarga kamroq gapirib, koʻproq ishlashni maslahat bergan.

“Men siz bilan birinchi marta gaplashayapman. Kamroq gapiring… Menga qilgan ishlaringizni… Balandparvoz gaplar menga yoqmaydi, ish joyini tashkil qilib, kambagʻalni kamaytirish kerak. Eng katta maqsadim shu”, — dedi prezident.

Shuningdek, davlat rahbari aniq takliflar bilan chiqqan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

Uchrashuvda “Oqsuv” MFY raisi oʻz mahallasida 214 nafar ishsiz fuqaro va 4 nafar tadbirkor borligini maʼlum qildi. Mahalla raisi tadbirkorlardan biri shaharda ijarada turib faoliyat koʻrsatayotgani, mahallaning yetti nafar fuqarosini ish bilan taʼminlaganini aytgan va prezidentdan uning qishloqda faoliyat koʻrsatishi uchun yer soʻragan.

“Yer bersa boʻldi, oʻzi hamma binosini tiklab, yettita emas, 15 ta fuqaroni ish bilan taʼminlayman deyapti”, — deydi mahalla raisi.

Bunga javoban Shavkat Mirziyoyev shu kabi takliflar kerakligini qayd etdi.

Suhbat davomida hayajonga tushgan mahalla raisi davlat rahbariga “bundan keyin sizni ‘podvodit’ qilmaymiz”, deya vaʼda bergan va oʻz fikrini oʻzbek tilida bildirmagani uchun darhol uzr soʻragan.

“Mayli, mayli, ‘podvodit’ qilmasang ham mayli. Qaysi tilda gapirsang ham mayli, ‘podvodit’ qilmasang boʻldi”, — deya Mirziyoyev holatni hazilga yoʻyib.

Teglar:
prezident safarlari, Buxoro viloyati, Shavkat Mirziyoyev

Asosiy mavzular