06:14 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Siyosat
Havola olish
145 0 0

Abrorxoʻja Turdaliyev Markaziy banki raisining oʻrinbosari etib tayinlandi. U Markaziy bankning Kredit tashkilotlari prudentsial nazorati departamenti direktori boʻlib ishlab kelayotgandi.

TOSHKENT, 26 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Abrorxoʻja Turdaliyev Markaziy banki raisining oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Turdaliyev zimmasiga kredit tashkilotlari prudentsial nazorati, kredit tashkilotlarida moliyaviy monitoringni muvofiqlashtirish va valyuta nazorati, kredit tashkilotlarini inspektsiya qilish yoʻnalishlarini muvofiqlashtirib borish vazifasi yuklatildi.

U 1979 yil Toshkent viloyatida tugʻilgan. 2000 yili Toshkent moliya institutini, 2013 yili Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2000 yilda mamlakat Markaziy bankida yetakchi iqtisodchilikdan boshlab, bosh iqtisodchi, boʻlim boshligʻi, boshqarma boshligʻi, departament direktori oʻrinbosari kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Lavozimga tayinlangunga qadar esa, u Markaziy bankning Kredit tashkilotlari prudentsial nazorati departamenti direktori boʻlib ishlab kelayotgandi.

Teglar:
Abrorxoʻja Turdaliyev, yangi tayinlov, Markaziy bank

Asosiy mavzular