TOSHKENT, 27 yanv — Sputnik. 2019 yil 28 mayda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati oʻrtasida maxfiy axborotni almashish va oʻzaro muhofaza qilish toʻgʻrisidagi bitim imzolangandi.
Shavkat Mirziyoyev ushbu xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida prezident qarorini imzoladi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati yuqorida koʻrsatilgan xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan masʼul vakolatli organ etib belgildi.
Oʻzbekiston Tashki ishlar vazirligi nemis tomoniga xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan zarur boʻlgan davlat ichki protseduralari bajarilganligi toʻgʻrisidagi tegishli bildirishnomani yuboradi.
Avvalroq Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi AQSH FBR bilan maxfiy maʼlumotlar almashishni yoʻlga qoʻyish masalasini muhokama qilingandi. Xalqaro terrorizm va narkotrafikka qarshi birgalikda kurash nazarda tutilgan.