Senat Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritish va boshqa qonunlarni ko‘rib chiqadi

© Press-slujba Senata UzbekistanaSenat Oliy Majlisa Uzbekistana 5-fevralya soberotsya na 12-e plenarnoe zasedanie.
Senat Oliy Majlisa Uzbekistana 5-fevralya soberotsya na 12-e plenarnoe zasedanie.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2021
Obuna bo‘lish
Senatning o‘n ikkinchi yalpi majlisi 5-fevral kuni chaqiriladi. Unda senatorlar bir qator muhim qonunlarni ko‘rib chiqadi.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisi 5-fevral kuni chaqiriladi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tadigan yalpi majlisda bir qator masalalar ko‘rib chiqiladi. Shu jumladan, “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekistonning ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun. Avvalroq saylovlarni, jumladan, prezident saylovlarini oktabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazish asosiy o‘zgartishlardan biri ekani haqida yozgandik.
Pasport i blank v rukax izbiratelya vo vremya viborov prezidenta Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2021
Prezident saylovini oktabrda o‘tkazish uchun Konstitutsiyani o‘zgartirish kerak
Shuningdek, senatorlar “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekistonning ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi, “Xalqlar do‘stligi kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunlarni muhokama qilishadi.
Bundan tashqari, 2017 – 2021-yillarda O‘zbekiston rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 2020-yildagi ijrosi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining hisoboti, qolaversa, Boyovut, Bo‘ston, Olot, To‘raqo‘rg‘on, Qarshi tumanlari va Kattaqo‘rg‘on shahrini 2020–2022 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari dasturlarining ijrosini o‘rganish natijalari muhokama qilinishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, ilmiy faoliyatni rivojlantirish uchun ko‘rilayotgan choralar, mamlakatda toshqinlar, sel oqimlari, ko‘chki xavfi mavjud tog‘ va tog‘oldi hududlarida joylashgan aholi punktlari hamda iqtisodiy obyektlar xavfsizligini ta’minlashga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0