10:32 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Siyosat
Havola olish
186 0 0

2018 yildan beri xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Dilshod Kenjayev prezident maslahatchisining oʻrinbosari etib tayinlandi.

TOSHKENT, 2 fev — Sputnik. Dilshod Kenjayev Oʻzbekiston prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Prezident tegishli farmonga imzo chekdi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Kenjayev 2018 yildan beri Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Dilshod Kenjayev 1977 yil 3 yanvarda Andijon viloyatida tugʻilgan. Tarix fanlari nomzodi. 2000 yil Oʻzbekiston Milliy universiteti bakalavr, 2002 yilda magistratura yoʻnalishlarini tamomlagan.

2006 yilgacha Toshkent shahridagi 191-maktab tarix fani oʻqituvchisi boʻlgan.

2006−2012 yillarda Toshkent shahar pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti “Ijtimoiy fanlar va maʼnaviyat asoslari” kafedrasida katta oʻqituvchi, mudir, maʼnaviy maʼrifiy va ilmiy ishlar boʻyicha prorektor boʻlib ishlagan.

2015−2017, 2017−2018 yillarda Xalq taʼlimi vazirining oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

2018 yilda Vazirlar Mahkamasi Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari ATD Yoshlar siyosati va maʼnaviy rivojlantirish masalalari shoʻʼbasi mudiri boʻlib ishlagan.

Asosiy mavzular