TOSHKENT, 4 fev — Sputnik. Oʻzbkekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulugʻbek Abdusalomovning vakolati tugatilmoqda. Bu haqda "Yuksalish" umummilliy harakati xabar bermoqda.
Qonunchilik palatasida rais bilan birga Markaziy saylov komissiyasining quyidagi 6 nafar xodimi vakolatlarini tugatish masalasi ham koʻrib chiqilgan:
- Janabay Sadikov — huquqshunos;
- Otagaldi Bobojonov — Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumani Xalq qabulxonasi mudiri;
- Muhayyo Joʻrayeva — «Hunarmand» uyushmasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi;
- Esanbay Rajabov — Qashqadaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi maslahatchisi;
- Erkin Xoʻjaqulov — Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudining raisi;
- Jalil Norov (marhum).
Bundan tashqari, xabarda yozilishicha, Qonunchilik palatasi quyidagi 8 nafar yangi aʼzolar nomzodini koʻrib chiqdi va maʼqulladi:
- Ergash Yusupov — Xorazm viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi;
- Zayniddin Nizamxoʻjayev — Oliy Majlis Senati raisining oʻrinbosari;
- Aleksandr Farmonov — «Oʻzelektroapparat» AJ boshqaruv raisi maslahatchisi;
- Muyassar Kadirova — Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Surxondaryo viloyati masʼul tashkilotchisi;
- Bahrom Kuchkarov — Adliya vaziri oʻrinbosari;
- Shuhrat Joʻrayev — nafaqada;
- Orifjon Bazarov — Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori;
- Alisher Usmonqulov — Jizzax politexnika instituti rektori.
Eslatib oʻtamiz, Mirzo-Ulugʻbek Abdusalomov Markaziy saylov komissiyasi raisi sifatida 2005 yil 7 maydan buyon faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Avvalroq Qonunchilik palatasi spikerining birinchi oʻrinbosari Akmal Saidov deputatlar Oʻzbekistonda navbatdagi prezident saylovlari 2021 yilning 24 oktyabrida boʻlib oʻtishini belgilaganini maʼlum qilgan edi.