19:29 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Siyosat
Havola olish
102 0 0

Yashirin ovoz berish yoʻli bilan Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Oliy Majlis Senati aʼzosi etib saylandi

TOSHKENT, 4 fev — Sputnik. Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati aʼzosi etib saylandi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xabarda yozilishicha, Buxoro viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining boʻshab qolgan oʻringa Senat aʼzosi saylovi boʻyicha qoʻshma majlisi boʻlib oʻtgan.

Yigʻilishda Senat aʼzoligiga boʻladigan saylov boʻyicha deputatlarga zaruriy tushunchalar berilgan. Shundan soʻng yashirin ovoz berish yoʻli bilan Senat aʼzosini saylash boʻyicha saylov oʻtkazilgan.

“Buxoro viloyati hokimi, 51-Xalkobod okrugidan Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Botir Komilovich Zaripov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi etib saylandi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Botir Zaripov 2020 yil 7 noyabrda Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi. 2021 yilning 22 yanvar kuni esa Buxoro viloyati hokimi etib tasdiqlandi.

Teglar:
senatorlar, senat, Botir Zaripov, Buxoro viloyati

Asosiy mavzular