10:08 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Siyosat
Havola olish
74010

Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi 2020 yilda rejalashtirilgan edi, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli 2021 yilga koʻchirilgan.

TOSHKENT, 4 fev — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Andrey Rudenko va Oʻzbekistonning Moskvadagi elchisi Botirjon Asadov prezident Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga boʻlajak davlat tashrifiga tayyorgarlik jarayonini muhokama qildi.

Rossiya TIV matbuot xizmati xabariga koʻra, uchrashuv bugun, 4 fevral kuni boʻlib oʻtgan.

“Oliy darajadagi qoʻshma tadbirlar, jumladan, Oʻzbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga boʻlajak tashrifiga tayyorgarlik jarayoniga alohida eʼtibor qaratildi”, - deyilgan xabarda.

Bundan tashqari, tomonlar Rosssiya va Oʻzbekiston hukumat rahbarlari darajasidagi Qoʻshma komissiyaning ikkinchi majlisiga tayyorgarlikni muhokama qilishgan.

Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifi 2020 yilda rejalashtirilgan edi, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli 2021 yilga koʻchirilgan. Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev bu imzolanishi koʻzda tutilgan keng koʻlamdagi hujjatlar toʻplami ustida yanada sinchkovlik bilan ishlash imkoniyatini yaratishini taʼkidlagan edi.

Teglar:
Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi, Botirjon Asadov, Oʻzbekiston, Rossiya

Asosiy mavzular