12:15 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Siyosat
Havola olish
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (71)
48041

Yevroosiyo hukumatlararo kengashining yigʻilishida Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov YEOII davlatlarini Transafgʻon temir yoʻli qurilishiga qoʻshilishni taklif qildi.

TOSHKENT, 5 fev — Sputnik. Yevroosiyo hukumatlararo kengashining yigʻilishida Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov YEOII davlatlariga Transafgʻon temir yoʻli qurilishiga qoʻshilishni taklif qildi.

Oʻzbekiston 2020 yil dekabrdan beri ittifoqda kuzatuvchi-davlat.

"Bizning fikrimizcha, hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishi - infratuzilma loyihalarini birgalikda amalga oshirishdir, masalan, Transafgʻon temir yoʻlini qurish singari", - dedi Aripov oʻz nutqida. Uning soʻzlarini RIA Novosti keltiradi.

Uning fikriga koʻra, YEOIIning bu loyihadagi ishtiroki ittifoq davlatlariga xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish, yuklarni yetkazib berish muddatlarini qisqartirish va "eng muhimi - yangi istiqbolli savdo bozorlariga chiqish" imkonini beradi.

Seshanba kuni Oʻzbekiston, Afgʻoniston va Pokiston hukumatlari “Mozori Sharif-Kobul-Peshovar” temir yoʻlini qurish boʻyicha yoʻl xaritasini imzoladilar. Hujjatga koʻra, loyihani may oyida tayyorlash rejalashtirilgan, yoʻl qurilishi esa sentyabrda boshlanadi.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yil dekabrda Oʻzbekiston, Rossiya, Qozogʻiston, Afgʻoniston va Pokiston temiryoʻl kompaniyalari rahbarlari uchrashuvi boʻlib oʻtgan edi. Unda “Mozori Sharif-Kobul-Peshovar” temir yoʻli qurilishi boʻyicha qoʻshma ishchi guruh va moliyaviy konsortsium tashkil qilish haqida kelishib olingandi. Dastlabki hisob-kitobga koʻra, loyiha - 5 milliard dollar. Temir yoʻli uzunligi 573 kilometrni tashkil qiladi. Yangi temir yoʻldan yiliga 20 million tonnagacha yuk tashish mumkin boʻladi.

Kelajakda temir yoʻli Janubiy Sharqiy Osiyo davlatlaridan boshlanib, Hindiston, Pokiston, Afgʻoniston, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Rossiya va Yevropagacha boʻlgan global transport koridoriga aylanishi mumkin.

Mavzu:
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (71)
Teglar:
Pokiston, YEOII, Qirgʻiziston, Armaniston, Qozogʻiston, Afgʻoniston, Rossiya, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular